Anchelotti: "O'ylashimcha, Morata "Yuventus"da qoladi va "Real"ga qaytmaydi"
26 fev 2015 15:49
Yangiliklar


Anchelotti: "O'ylashimcha, Morata "Yuventus"da qoladi va "Real"ga qaytmaydi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hisoblashicha, hozirda "Yuventus"da to'p tepayotgan "Qirollik klubi" sobiq hujumchisi Alvaro Morata ortga qaytmaydi
"O'tgan mavsumda o' qo'l ostimda yaxshi o'ynadi. Morata zamonaviy, ritmni his qila oladigan futbolchi. Alvaro mehnatkashligi va sovuqqonligi bilan ajralib turadi. U o'zining "Yuventus"ga o'tishi haqida juda ko'p o'ylagan. Morataning shartnomasaida "Real" uni qayta sotib olishi mumkinligi haqida band bor, ammo u qaytmasa kerak" - deydi Anchelotti.

Fikrlar