Anchelotti mag'lubiyatdan so'ng: "Biz mavsum oxirida ham TOP-4da qolmoqchimiz"
02 jan 2021 09:37
Yangiliklar


Anchelotti mag'lubiyatdan so'ng: "Biz mavsum oxirida ham TOP-4da qolmoqchimiz"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin teng bo'ldi. Bizda ham, raqibda ham golli vaziyatlar bo'yicha katta ustunlik bo'lmadi.
Bu bizning eng yaxshi o'yinlarimizdan biri emasdi. Biz sekin harakat qildik, "Vest Xem" esa o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi.
Natijani qabul qila olishimiz va o'zimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishimiz lozim. Bizga himoyalanish va qarshi hujum qilish qulayroq. To'p nazoratiga ega bo'lsak qiynalyapmiz. Buni to'g'irlash lozim.
Ayni paytda o'zimiz istagan o'rindamiz. (TOP-4). Umid qilamizki, mavsum oxirida ham shu erda bo'lamiz. Bu bizning maqsadimiz", - dedi italiyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar