Anchelotti "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan: "Futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q"
24 dek 2019 11:28
Yangiliklar
Anchelotti "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan: "Futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q"
"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul"ga qarshi kechadigan Angliya kubogi uchinchi raundi doirasidagi safar o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.
Ushbu bellashuv 5 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Everton" muxlislari mening "Liverpul"ga qarshi natijalarimni yaxshi bilishadi va katta ehtimol ular bundan xursand. "Napoli" joriy mavsum CHempionlar ligasida "Liverpul"ni mag'lub etdi. Mersisayd derbisi shahar uchun muhim voqelik va biz uchun katta motivaciya.
To'g'risini aytsam, Klopp bilan munosabatlarim juda yaxshi. "Liverpul"ga qarshi o'yinlar hamisha hayajonli. Ha, men ularni mag'lub etganman. Bu men uchun omadli kun bo'lgandi, lekin ular yutqazishga o'rganishmagan.
"Everton" muxlislari "qizillar"ni taslim etishimizni qay darajada xohlashlarini yaxshi bilaman. Buni bajarib bo'lmas vazifa deb o'ylamayman, futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q", - dedi Anchelotti.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar