Anchelotti Kinni qo'yib yuborishga tayyor
16 apr 2021 18:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631645_original.jpg)
![](/upload/storage/631645_220.jpg)
Anchelotti Kinni qo'yib yuborishga tayyor
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJda ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Moyze Kin haqida gapirdi.
"Men Moyzeni bizda qolishi u uchun ko'ndirishim kerak emas. U ijarada va mavsum so'nggida "Everton"ga qaytishi kerak. Agar PSJ uni saqlab qolishni xohlasa, klub biz bilan muzokaralar boshlashi kerak.
Biz suhbatlarga ochiqmiz, ammo hech narsa o'zgarmasa, Kin "Everton"ning kelasi mavsumdagi juda muhim o'yinchisiga aylanadi", - deydi Anchelotti.
PSJ Kinni 2020 yilning oktyabrida ijaraga olgan edi. 21 yoshli italiyalik futbolchi parijliklar libosida 33ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar