Anchelotti hech qachon "Barselona"ni boshqarmaydi
24 okt 2014 20:22
Yangiliklar


Anchelotti hech qachon "Barselona"ni boshqarmaydi
"Real"dan so'ng "Barselona"ni boshqara olmayman. Men har doim o'zim ishlagan jamoalarimning tarixini hurmat qilib kelganman. Men Aleks Fergussondek bir klubda 24 yil ishlashimni tasavvur etish qiyin. Lekin murabbiylik faoliyatimni ushbu jamoada yakunlashga qarshi bo'lmasdim.
"Barselona" - "Ayaks" uchrashuvini ko'rdim. Raqibning kamchiliklarini qidirishda davom etmoqdaman. SHuni takidlab o'tish joizki, bu o'yinda "Barselona" deyarli ideal tarzda o'ynagan.
Pepening jarohati bilan bois biroz muammolar bor. Himoya markazida Ramos tushishini aytishim mumkin. Unga kim sherik bo'lishi hozircha nomalum. Agarda Pepe o'yingcha tayyor bo'lsa, unda Pepeni tushiramiz.
Ertaga Suarez o'ynashi yoki o'ynamasligini bizga farqi yo'q. Bu narsa bizning rejalarimizni o'zgartirib yubormaydi.
Suarez juda kuchli va fantastik futbolchi. Uning maydonga qaytishi jahon futboli uchun quvonarli holat.

Fikrlar