Anchelotti: "Ertami kechmi "Real"ning g'alabali seriyasi yakunlanishi kerak edi"
05 jan 2015 08:47
Yangiliklar


Anchelotti: "Ertami kechmi "Real"ning g'alabali seriyasi yakunlanishi kerak edi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Valensiya"ga qarshi Ispaniya chempionati 17-tur uchrashuvidan so'ng, o'yin haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Menimcha, bugun mag'lubiyatga munosib emasdik, chunki yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Ammo "Valensiya" bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan, biz faqat bitta gol urdik. Imkoniyatlardan unumli foydalanganimiz yo'q..
"Real" ketma-ket 22 g'alabadan so'ng mag'lub bo'ldi. Ertami kechmi bu seriya yakunlanishi kerak edi. Keyingi o'yinlarda yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishga urinib ko'ramiz" - deydi Anchelotti.

Fikrlar