Anchelotti: "Bu "Bavariya" menga "Milan"ni eslatmoqda"

Tolibjon Qosimov
7 okt 2016, 12:26
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zi ishlagan bir nechta davlatlardagi futbol haqida fikr bildirib o'tdi.
Italiyalik mutaxassis "Parma", "Yuventus", "Milan", "Chelsi", "PSJ" va "Real" jamoalarini boshqargan.

"Italiyada katta e'tibor taktikaga qaratiladi, Ispaniyada - to'p nazoratiga. Fransiyada agressiv futbol. Qaysi mamlakatda eng yaxshi futbol namoyish etilishini aytish qiyin. Har holda, bu "Bavariya" mening "Milan"imni juda ham yodga solmoqda," - deydi Anchelotti "HNTV"ga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: HNTV