Anchelotti: "Atalanta" bilan o'yin "Liverpul"ga qarshi bahsdan qiyinroq bo'ladi"
29 noy 2018 13:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/464944_original.jpg)
![](/upload/storage/464944_220.jpg)
Anchelotti: "Atalanta" bilan o'yin "Liverpul"ga qarshi bahsdan qiyinroq bo'ladi"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Crvena Zvezda"ga qarshi CHempionlar ligasi bahsidan so'ng (3:1) o'z jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.
Neapolliklar guruh bosqichining so'nggi turida "Liverpul"ga mag'lub bo'lmasliklari kerak. SHu bilan birga jamoani 1:2 hisobidagi mag'lubiyat ham qoniqtiradi.
"Biz Angliyaga qo'rquvsiz yo'l olishimiz kerak. Ammo hozircha "Atalanta" bilan bahs haqida o'ylashimiz lozim. Bergamodagi o'yin Liverpuldagidan qiyinroq bo'ladi.
"Crvena Zvezda"ga qarshi bahsdan ko'nglim to'ldi. Biz bir soat tezkor o'yin namoyish etdik, ammo keyin ruxiy tushkunlik kuzatildi. SHunga qaramay "Napoli" CHempionlar ligasida o'z darajasini ko'rsatdi. Biz eng qiyin guruhda etakchilik qilyapmiz" - deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar