Anchelotti A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida: “Do'stim Antonio Konte fikrimga qo'shilmasa kerak”
04 mar 2021 21:15
Yangiliklar


Anchelotti A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida: “Do'stim Antonio Konte fikrimga qo'shilmasa kerak”
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti Italiya chempionati joriy mavsumida qaysi jamoa chempioni bo'lishini xohlayotgani haqida fikr bildirdi.
“Umid qilamanki, “Milan” chempionga aylanadi, garchi, bu juda qiyin bo'lsa ham. “Inter” esa yuqori tempda ketmoqda. Do'stim Antonio Konte fikrimga qo'shilmasa kerak deb qo'rqaman”, deydi mutaxassis.
A Seriya 25 turidan keyin musobaqa jadvalida “Inter” 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularda bitta zaxira o'yini ham bor. 53 ochkoga ega “Milan” esa “neradzurrilar”ni taqib qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2001-2009 yillar davomida "rossonerilar”ni boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar