Ana xolos! Xabi Alonso "Real" murabbiyiga aylanishi mumkin
25 jan 2023 15:37
Yangiliklar
Ana xolos! Xabi Alonso "Real" murabbiyiga aylanishi mumkin
"Real"dagilar sobiq futbolchi Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyatini kuzatib bormoqda.
Alonso klubni, uning tuzilishi, falsafasi va talablarini yaxshi biladi. Madrid klubi uning qaytishini vaqt masalasi deb hisoblamoqda. Agar "qaymoqranglilar"ning amaldagi murabbiyi, shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadigan Karlo Anchelotti jamoani tark etsa, Alonso uning o'rniga nomzodlardan biri bo'ladi.
Qayd etilishicha, madridliklar bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan, Raul va Maurisio Pochettino ham nomzod sanaladi.
Hozirda Xabi Alonso o'tgan yilning oktyabr oyida jamoani qabul qilib olgan "Bayer"ni boshqarmoqda. Jamoa Bundesligada 16 o'yindan so'ng 21 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar