Ana xolos! Teves qamoqxonada futbol o'ynayotganida jarohat oldi
28 mar 2018 21:58
Yangiliklar


Ana xolos! Teves qamoqxonada futbol o'ynayotganida jarohat oldi
"Boka Xuniors" forvardi Karlos Teves qamoqxonalardan birida futbol o'ynayotganida jarohat oldi.
Ana shu uchrashuvda ishtirok etish uchun Tevesni uning akasi taklif qilgan edi. Tevesning akasi 2010 yilda ozodlikdan mahrum etilgan. O'yin paytida 33 yoshli hujumchi mushaklarini jarohatlab oldi va endi 4 haftani lazaretda o'tkazadi.
Joriy mavsum Teves "Boka Xuniors"da Argentina chempionati doirasida 7ta o'yin o'tkazdi va 3ta gol urib, 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar