So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Ana xolos! Krishtianu Ronaldu sudga chaqirilishi mumkin! Yangiliklar

Ana xolos! Krishtianu Ronaldu sudga chaqirilishi mumkin!

"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu akasi Ugo Dinarte Santush Aveyra atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritish uchun sud majlisiga guvoh sifatida chaqirtirilishi mumkin.

Ronalduning akasiga firibgarlik bo'yicha ish ochilgan. Bunga sabab 2019 yilda biznesmen Rokko Valenti va Ronalduning akasi vakil bo'lgan Mussara Gestao de Espacos e Eventos LDA kompaniyasi o'rtasidagi kelishuv oqibatlari bilan bog'liq.

Biznesmen CR7Museu logotipi tushirilgan futbolkalarni ishlab chiqarish va sotish huquqini olish uchun 650 ming evro to'lashi kerak bo'lgan shartnoma imzolagan. Qisqa vaqt ichida 13 ming dona mahsulot ishlab chiqarildi. Ammo, adidas kompaniyasi ushbu futbolkalarning dizayni shartnomasi asosida chiqarilganlarga juda o'xshashligini payqagan va xabar qilgan. Valenti tomonidan ishlab chiqarilgan futbolkalarni vositachilar sota boshlagan. U utilizaciya qilinishi kerak edi, ammo buning o'rniga Ronaldu muzeyida sotilayotgani aniqlangan.

Xabar qilinishicha, futbolkaning tashqi ko'rinishini Ronalduning akasi tasdiqlagan.

Qayd etish kerakki, Ronalduning chaqirilishi "keraksiz" bo'lishiga ishongan sudya Alessandra Salvadori advokat Robert Kapraga Krishtianuni 31 may kuni bo'lib o'tadigan keyingi tinglashga chaqirishni taklif qilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика