So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

Ana xolos, ikkinchi davra penaltilar bilan boshlandi Yangiliklar

Ana xolos, ikkinchi davra penaltilar bilan boshlandi

Teglar :  Oliy liga. Penalti
Oliy liganing ikkinchi davrasida dastlabki ikki tur ortda qoldi.

Qizig'i shundaki, hozircha jami 16ta o'yin bo'lib o'tgan bo'lsa, shundan 9tasida darvozalar tomon penalti belgilandi. Lekin futbolchilarning hammasi ham 11 metrlik jarima to'pidan samarali foydalana olishmadi. 

Xususan 16-turda belgilangan beshta penaltidan to'rttasi golga aylanmadi. 17-turda esa faqat bitta penalti amalga oshmay qoldi. Qolgan uchtasida futbolchilar mo'ljaldan adashishmadi. 

16-turda penalti belgilangan o'yinlar

"DINAMO" - "METALLURG" 0:3
Nechta penalti qo'yildi?
Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Metallurg" sardori Hikmat Hoshimov tepgan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
O'yinni kim boshqardi? SHerzod Qosimov

"NEFTCHI" - "SHO'RTAN" 1:1
Nechta penalti qo'yildi?
Bitta
Penalti gol bo'ldimi? Yo'q. "Neftchi" futbolchisi Muzaffar Muzaffarov tepgan to'pni darvozabon qaytardi.
O'yinni kim boshqardi? Vadim Agishev


Suratga izoh: Muzaffar Muzaffarov (o'ngda) penaltidan gol urganida "Neftchi" g'alaba qozonardi

"OLMALIQ" - "BUXORO" 1:1
Nechta penalti qo'yildi?
Ikkita
Penalti golga aylandimi? Faqat bittasi. "Olmaliq" yarim himoyachisi SHota Grigalashvili nuqtadan adashmadi, lekin Igor Yelichning zarbasi noaniq chiqdi.
O'yinni kim boshqardi? Ravshan Ermatov

"QIZILQUM" - "PAXTAKOR" 1:1
Nechta penalti qo'yildi?
Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Paxtakor" yarim himoyachisi Tiago Bezerra tepgan to'p to'singa tegib qaytdi.
O'yinni kim boshqardi? Valentin Kovalenko

17-turda penalti belgilangan o'yinlar
"SO'G'DIYONA" - "LOKOMOTIV" 0:4
Nechta penalti qo'yildi?
Bitta
Penalti gol bo'ldimi? Ha. "Loko" hujumchisi Marat Bikmaev mo'ljaldan adashmadi.
O'yinni kim boshqardi? Temur To'xtasinov

"NAVBAHOR" - "QIZILQUM" 3:2
Nechta penalti qo'yildi?
Ikkita
Penalti golga aylandimi? Ha. "Navbahor" sardori Dilshod Jabborov va "Qizilqum" yarim himoyachisi Ilhom Yunusov 11 metrlik nuqtadan gol urishdi.
O'yinni kim boshqardi? Vadim Agishev


Suratga izoh: Ilhom Yunusov 11 metrlik jarima to'pini bexato bajardi

"BUXORO" - "NASAF" 1:0
Nechta penalti qo'yildi?
Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Buxoro" hujumchisi Sanat SHixov nuqtadan to'p kirita olmadi.
O'yinni kim boshqardi? Valentin Kovalenko
Qiziq fakt: Vadim Agishev bilan Valentin Kovalenko ketma-ket ikkala turda ham penalti qo'ygan hakamlar bo'lishdi.

X.Xoliqov


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика