Ana xolos! "Everton" o'yinchisida ham koronavirus alomatlari bor
13 mar 2020 14:50
Yangiliklar
Ana xolos! "Everton" o'yinchisida ham koronavirus alomatlari bor
"Everton"ning bir futbolchisida koronavirus simptomlari bor.
Bu haqda "Everton" klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Aynan kim koronavirusga chalingani haqida malumot berilmayapti.
"Everton" asosiy jamoa va murabbiylar shtabining ehtiyot chorasi sifatida izolyaciya davri boshlanganini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Everton" 16-martda APLning 30-turi dorasida "Liverpul" bilan o'ynashi kerak edi. Ammo, tez orada "ko'klar" o'yinchisida koronavirus aniqlanadigan bo'lsa bu o'yin ham qoldiriladi.
Fikrlar