Ana sizga “Qizilqum”ni oliy ligada olib qolgan yigitcha! (foto)
09 noy 2013 14:53
Yangiliklar

Ana sizga “Qizilqum”ni oliy ligada olib qolgan yigitcha! (foto)
Kecha oliy ligamizda oxirgi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. CHempion kim bo'lishi ham, oliy ligadan tushib ketadigan ikkinchi jamoa nomi ham kecha malum bo'ldi.
Agar kecha “Guliston” o'z maydonida “Qizilqum”ni mag'lub etganida jamoa shubhasiz oliy ligada qolgan bo'lardi. CHunki “Guliston” ochkolari sonini 23ta etkazib olar, “Qizilqum” esa 22 ochko bilan birinchi ligaga ravona bo'lardi.
Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi. Judayam shiddatli kechgan bellashuvda “Qizilqum” o'ta qiyinchilik bilan 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Bo'lib ham safardagi har uchchala golga Zafar To'raev degan futbolchi mualliflik qilganini aytmaysizmi.
Faraz qiling, shu kuni mehmonlar safida Zafar To'raev bo'lmaganida “Qizilqum” zafar qucha olarmidi? Yo'q, albatta. Axir bizda birorta jamoaning ilhomi kelib yaxshi o'ynashi uchun tarkibda Ilhom, zafar quchishi uchun esa Zafar degan yigitlar bo'lishi kerakligi hammaga oydin-ku.
Zafar To'raev – “malades”. U birinchi davrani “Olmaliq”da o'tkazib, maydonda ko'p ham ko'rinish bermadi. Boshqacha aytganda, o'z davri kelishini jimgina kutdi. Aytgancha, shu yilning 1 iyul kuni 23 yoshni qarshi olgan “Gattuzo” (uni jamoadoshlari shunday deb chaqirishadi) 2011 yil oliy ligada debyut qilgan. U 2011-2012 yillarda “Olmaliq” safida 16ta o'yin o'tkazib birorta gol ura olmagandi.
Zafarjon bu yil ham birinchi davrani qardon jamoasida boshladi va to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi. Keyin esa ikkinchi davra arafasida Navoiyga yo'l oldi. U “Qizilqum” tarkibida 12ta o'yinda ishtirok etib, beshta golning muallifiga aylandi. “SHo'rtan” va “Olmaliq”qa bittadan gol urgan bo'lsa, mana endi qarabsizki oxirgi turga kelib “Guliston” darvozasini uch bor ishg'ol qildi. Uning 53, 57 va 66-daqiqalarda urgan gollari jamoasiga g'alaba keltirdi.
Ana endi Zafar To'raevning oshig'i olchi deyavering. Endi uni ko'chalarda hamma taniydi. Ayniqsa, zarafshonliklar uni boshlariga ko'tarib yurishi tabiiy hol. CHunki jamoani oliy ligada qolishini taminlash ham mardlik sanaladi. Endi bu futbolchi “Qizilqum” bilan “Olmaliq” o'rtasida talash bo'lsa ajab emas. Balli, Zafar! Doimo omadingni bersin!
Xayrulla XOLIQOV.

Fikrlar