Amir Jafari: "Umid qilamanki, O'zbekistonda o'tkazilayotgan turnirni g'alaba bilan yakunlaymiz"
09 sen 2023 16:52
Yangiliklar
Amir Jafari: "Umid qilamanki, O'zbekistonda o'tkazilayotgan turnirni g'alaba bilan yakunlaymiz"
Eron U23 terma jamoasi himoyachisi Amir Jafari qita turniri saralash bosqichining 2-turidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Muxlislarimizni birinchi turda g'alaba orqali mamnun qilganimizdan xursandman. Gongkong kuchsiz jamoa emasdi va munosib qarshilik ko'rsatdi. SHunga qaramay, ishonchli o'yin namoyish etib, yakunda g'alaba qozondik.
Afg'oniston haqida ko'p narsa bilmaymiz, lekin ularni ham yaxshi jamoa deya olaman. Biz bor kuchimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, O'zbekistonda o'tkazilayotgan turnirni g'alaba bilan yakunlaymiz.
Jamoadagi muhit ajoyib darajada. Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi bizga energiya beradi. Ularni xursand qilish uchun qo'limizdan kelganini bajaramiz", dedi eronlik futbolchi.
Fikrlar