So’nggi yangiliklar

11:31Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши таркиби маълум  0 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  12 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  4 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  9 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  21 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1

Amir Galenoi: "Paxtakor"dan yaxshi o'ynab yutqazdik" Yangiliklar

Amir Galenoi: "Paxtakor"dan yaxshi o'ynab yutqazdik"

"Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Amir Galenoi qatnashdi.

"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biroq bugun biz ustunlik qildik deb o'ylayman. Legioner futbolchimizning hujjat ishlari tufayli bugungi bahsda qatnasha olmadi. SHunga qaramay biz ko'p hujum qildik, ammo gol ura olmadik, - deydi murabbiy.

- Jamoa nega hujumda pressing qilmadi?

- "Paxtakor" darvozasiga yaqinroq o'ynashga harakat qildik. Biroq oxirgi pasni noaniq oshirdik. SHu bois ham gol ura olmadik.

- Jamoa 6 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Bundan tashqari "Traktorsozi" 8ta o'yindan buyon gol urib kelayotgandi. SHunga qaramay biz yaxshiroq o'ynadik dedingiz. Bugun jamoangiz o'z saviyasidan past o'ynadimi?

- SHunchaki bizga omad etishmadi va gol ura olmadik. Bundan tashqari jamoa juda ham charchagandi. Yomon o'ynadik deya olmayman. Toshkentdagi bahsdan oldin biz ko'plab og'ir o'yinlar o'tkazgandik.

- "Traktorsozi"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? 

- Guruhda hozircha birinchi o'rindamiz. Bundan tashqari o'z maydonimizda yana ikkita bahs o'tkazamiz. Menimcha guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarimiz yaxshi.

- Guruhdagi qaysi o'yin og'ir bo'ldi?

- Barcha o'yinlar qiyn o'tdi. Masalan, "Al Jazira"ni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinimizda biz bunchalik ko'p hujum qilmagandik.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика