So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Amin al-Sunayni: "O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa" Yangiliklar

Amin al-Sunayni: "O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa"

JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi Yaman – O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi Amin al-Sunayni ishtirok etdi.

Bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirar ekan Yaman bosh murabbiyi quyidagilarni takidladi:

“O'yin og'ir kechadi. O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa. Ammo, biz ham o'z navbatida o'yinimizni yaxshilab boryapmiz. So'nggi turdagi Filippin ustidan qozonilgan g'alaba ham bu gaplarning isboti. Biz mana shu ko'tarinki holatimizdan erataga ham to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz. Biroq, tushunib turibmizki ertaga bizga qiyin bo'ladi”.

“Barchangiz Yamandagi vaziyatni yaxshi bilasiz. Mamlakat og'ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, biz imkon qadar etiborimizni o'yinga qaratishga urinyapmiz. Kechroq bo'lsa-da ilk g'alabaga erishdik. Oldimizda hozir O'zbekiston hamda Baxraynga qarshi muhim o'yinlar kutib turibdi. Nima bo'lganda ham qolgan uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin namoyish qilishga va imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz”.

“O'zbekiston terma jamoasida qaysidir futbolchini alohida ko'rsatmagan bo'lardim. CHunki O'zbekiston birinchi navbatda tartibli jamoaviy o'yinga ega bo'lgan terma jamoadir. Biz ertangi o'yinda qaysidir futbolchiga ko'proq etibor qaratmaymiz”.

“Bizning guruh ushbu saralash bosqichidagi guruhlar ichida eng qiyinidir. Ammo bu qura natijasi. Bundan noliy olmaymiz. Futbol shunaqa”.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика