So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" VAR tizimini sotib olmoqchi Yangiliklar

Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" VAR tizimini sotib olmoqchi

Teglar :  LokomotivRFI
Hakamlar xatolaridan aziyat chekayotgan Rossiyaning amaldagi chempion klubi "Lokomotiv" VAR tizimidan foydalanish tarafdori.

Rossiya Futbol Ittifoqi nazoratchisi Yuriy CHebotarev "Lokomotiv" klubi o'z stadionida VAR tizimini o'rnatishni rejalashtirayotganini gapirib o'tdi.

- "VAR - juda qimmat turadigan uskuna. Bu tizimni o'rnatishga barcha jamoalarning ham imkoniyati etmaydi. Ha, bu tizim futbolda uchraydigan juda ko'plab bahsli holatlarga echim bo'ladi. Ammo hozirgi kunda bu tizimni barcha klublar ham sotib olishga tayyor emas. Faqatgina "Krasnodar" yoki "Spartak" bu borada "Lokomotiv" yo'lidan ketishi mumkin. VAR tizimining afzalliklari juda ko'p. Ammo futbolda doimo bahsli holatlar bo'lgan va bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Bu tizimni o'rnatish Rossiya Premer ligasiga oson bo'lmaydi. Gap faqat texnologiyada emas, balki uni qanday ishlatishni bilish lozim. Tizim talabiga javob beradigan mutaxassislar jalb etilishi kerak bo'ladi. Bu ishga faqat va faqat o'z ishining ustalari, mutaxassislari javobgar bo'lishi lozim. Tizim qancha turishi haqida aniq malumotga ega emasman. Ammo shunisi aniqki, gap million dollarlar atrofida ketmoqda. Bu narx shunchaki uskuna, tizimni qiymati. Bundan tashqari kerakli mutaxassislar, tizimni bir tekisda ishlashini taminlaydigan kadrlar zarur bo'ladi. Tizimni joriy qilish uchun juda katta mablag' sarf etilishi lozim", - deydi Yuriy CHebotarev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика