Alvesh futbolchilik faoliyatini qaysi klubda tugatmoqchiligini aytdi
26 apr 2020 19:35
Yangiliklar


Alvesh futbolchilik faoliyatini qaysi klubda tugatmoqchiligini aytdi
“San-Paulu” himoyachisi Dani Alvesh Instagramdagi jonli efir vaqtida futbolchilik faoliyatini Argentina grandida yakunlamoqchiligini oshkor etdi.
“Boka Xuniors”da faoliyatimni yakunlash? Yomon bo'lmasdi. “Boka”ni qanchalik yaxshi ko'rishimni yaxshi bilasiz va quruq gap emas, yolg'on ham. Gap buyuk klub haqida ketayotganida ham emas. “Boka” doima menda o'zgacha tuyg'ularni uyg'otardi. Mazkur klubga bog'langanman va “Barselona”da ham xuddi shu narsalar his etgandim”, deydi 36 yoshli braziliyalik.
Eslatib o'tamiz, Alveshning hozirgi jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar