Alonso: "Bavariya"da menga barcha yordam berdi"
20 sen 2014 00:05
Yangiliklar
Alonso: "Bavariya"da menga barcha yordam berdi"
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso yangi jamoaga ko'nikishiga juda oson kechganini aytib o'tdi.
"Bavariya" o'yiniga tezda moslashib oldim. Klubdagi barcha menga bu erga ko'nikishimga katta yordam berdi. "Bavariya"ga o'tishim menga yangi marralarni zabt etishimga turtki bo'ldi. Ko'p yillar mobaynida Gvardiola jamoasiga qarshi tup surib kelgandim. Endilikda u bilan birga ishlayotganimdan xursandman. Bu juda qiziq bo'lmoqda. CHempionlar ligasida hech kimga oson bo'lmaydi. Bizning guruhdan kuchli jamoalar o'rin olishgan. "Manchester Siti" qanday kuchga egaligini barcha yaxshi biladi. "Roma" o'tgan mavsum katta o'sishga erishdi va hozirda bu jamoa ancha kuchaygan. Rossiya klublariga qarshi mehmondagi bahslar hech qachon oson kechmagan. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Ular bilan bo'ladigan o'yinga o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
Fikrlar