So’nggi yangiliklar

12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  0 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   10 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  2 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  4 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  1 08:28Туркия Суперкубоги. «Бешиктош» ва «Галатасарой» ортасидаги учрашувда дахшатли натижа қайд этилди  1 08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  10 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  28 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  1

Alles Gute zum Geburtstag, Bayern! Yangiliklar

Alles Gute zum Geburtstag, Bayern!

Kecha saytimizga "Uzbek Futboli Vatani (Qo`qon & Munxen)" nikli yuzerimiz murojaat etib, Germaniyaning "Bavariya" klubi ertaga o'zining 115 yoshini nishonlashini va nemis jamoasi haqida shu mavzuga oid biror narsa yozib berishimizni so'ragandilar.
Bu haqida shaxsan o'zimning ham xabarim bor edi. Biroq odatda chet el klublarining bu kabi tashkil topgan kunlari saytimizda alohida maqola sifatida yozib borilmas edi. Yurtimizda "Barselona", "Real", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "CHelsi", "Yuventus", "Milan" kabi jamoalarning muxlislari juda ko'plab topiladi va asosan Ispaniya va Angliya futboli bizning auditoriyaga ko'proq qiziqroq ekanligi hech kimga sir emas. SHaxsan o'zim esa Germaniya va Italiya futbolini  nisbatan ko'proq kuzatib kelaman. Kechagi murojaat esa meni biroz ajablantirdi. Albatta yaxshi manoda. "Bavariya" muxlislari u qadar ko'p emas, ammo etarlicha bor. Bu asosiysi. Talab bo'lganidan keyin uni beetibor qoldirish hurmatsizlik sanaladi. SHu bois bu grand klub haqida yozishga qaror qildim.



"Bavariya" klubi haqida qisqacha malumot:

To'liq nomi: Fußball-Club Bayern München e. V.
Tashkil topgan yil: 27 fevral, 1900
Stadioni: "Alyanc Arena"
Stadion sig'imi: 71137 tomoshabin
Klub prezidenti: Karl Xopfner
Bosh murabbiy: Xosep Gvardiola
Jamoa sardori: Filipp Lam
Reytingi: UEFA (3), FIFA (2)
Bosh homiysi: Deutsche Telekom AG
Klub rasmiy sayti: www.fcbayern.de
Ishtirok etadigan musobaqasi: Bundesliga



Bundan 115 yil avval, 27 fevral kuni  Germaniyaning Myunxen shahrida "Bavariya" futbol klubi tashkil etilgan. SHundan so'ng har yili 27 fevral kunini "Bavariya" futbol klubi va jamoa muxlislari o'zgacha bayram sifatida o'tkazadigan bo'lishdi.
1900 yilda tashkil topgan ushbu klub Germaniyaning eng mashhur va nomdor jamoasi sifatida tan olinib kelinadi.

Klubning qanday tashkil etilgani haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Myunxen shahrining birinchi futbol klubi "Myunxen 1860" jamoasi hisoblanadi. 1860 yilda Myunxenda aynan shunday nom ostida futbol klubi tashkil etilgani edi. "Bavariya" esa shaharning ikkinchi jamoasi hisoblanadi. Klubning birinchi prezidenti sifatida Franc Yon faoliyat yuritgan. Ilk bosh murabbiy esa Paul Franke hisoblanadi. O'shanda Paul Franke o'ynovchi bosh murabbiy bo'lib klubda ish boshlagandi. "Bavariya" jamoasi o'zining birinchi klublar o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinini "Birinchi myunxenliklar" klubi bilan o'tkazib, 5:2 hisobida g'alaba qozongan edi. "Bavariya" 1901/1902 yilgi mavsumdayoq Myunxenning birinchi raqamli jamoasiga aylanib ulgurgandi. "Gollivudliklar" 1904 yilgi mavsumga qadar Myunxen shahrida tashkil etilgan norasmiy turnirda chempionlikni hech kimga berishmay kelishgan. "Bavariya" o'zining ilk xalqaro bellashuvini Pragada DFK klubi bilan o'tkazgan edi. O'sha o'yinda myunxenliklar 0:8 hisobida raqiblariga imkoniyatni boy berishgan. SHundan so'ng "Bavariya" rahbariyati klub byudjetini 3 markadan 40 markaga qadar ko'tarishgan edi.



"Bavariya"ning birinchi oltin davri bu 1963-1979 yillarga to'g'ri keladi. Aynan shu davrda jamoada bir qator dunyo yulduzlari harakat qilishib, jamoani katta yutuqlar sari etaklay olishgan edi.
1963 yilda klubga Vilgelm Noydekker prezident etib saylangandi. Jamoa ruliga esa yugoslaviyalik Zlatko CHaykovskiy taklif etilgandi. Jamoa safida esa Zepp Mayer, Franc Bekkenbauer va 1964 mavsumda "Nordlingen" jamoasidan kelib qo'shilgan Gerd Myuller kabi charm to'p ustalari harakat qilishgan. 1969 yilgi mavsumda "Bavariya" bundesligada ham, Germaniya Kubogida ham tengsiz bo'lgandi. O'sha mavsumning birinchi davrasini klub bir xil tarkib: Mayer, Kupfershmidt, SHvarcenbek, Bekkenbauer, Pumm, Olk, Starek, Rot, Olxauzer, Myuller va Brenninger kabi futbolchilar bilan o'tkazgandi.
Lekin o'shanda jamoa CHempionlar kubogida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagan. Keyinchalik jamoa boshqaruvi Udo Lattek qo'liga o'tgan. Udo Lattek jamoaga Paul Braytner va Uli Xeness kabi futbolchilarni taklif etgandi va "Bavariya" bilan butun Evropani larzaga keltirgan. O'sha yillar Udo Lattek eng kuchli jamoani tuzgani haqida juda ko'p aytilgan va "Bavariya" ketma-ket uch marotaba evropada tengsiz bo'lishga erishgan.



Germaniyaning nomdor klubi "Bavariya"ning keyingi katta yutuqlari 1998-2010 yillarga to'g'ri keladi. Aynan shu vaqt oralig'ida "Borussiya D"ni chempionlik shohsupasiga olib chiqqan va ECHL g'olibiga aylantirgan Ottmar Xitcfeld jamoaga taklif etiladi. 1998/1999 yilgi mavsumda Ottmar Xitcfeld "Bavariya"ni Germaniyada chempionlikka etaklaydi va Evropa chempionlar ligasi finaliga qadar etib boradi. Dramatik kechgan finalda esa "Manchester Yunayted"ga o'yinning so'nggi daqiqalarida o'tkazib yuborilgan gollar tufayli deyarli "cho'ntak"dagi g'alaba boy berilgandi. O'shanda aynan men (muallif) "Bavariya" ishtirokidagi birinchi o'yin, ECHLdagi dastlabki eslay oladigan finalimni tomosha qilgandim. Kuffurning ko'z yoshlari, Lotarr Matteusning zaxiraga olingani, Yankerning "chalqancha" uslubidagi zarbasi va darvoza to'siniga tekkan to'p... Oliver Kanning o'yindan keyingi holati kechagidek yodimda. Aynan shu uchrashuvdan keyin (Kuffurga qo'shilib men ham o'z ko'z yoshlarimni yashira olmagandim) "Bavariya", xususan nemis futboliga bo'lgan qiziqishim oshgan va bu jamoaning o'yinlarini qoldirmaslikka harakat qilishni boshlaganman. O'sha mashhur final meni futboldagi ilk eslay oladigan katta o'yinim desam yanglishmagan bo'laman. Teddi SHeringem va Sulsherning gollari, SHmeyxelning saltolari, "Fergi-taym"ning debyut o'yini aynan "Kamp-Nou"da bo'lgan. Perluidji Kollinani ham birinchi bor o'sha finalda ko'rib, keyinchalik mashhur hakam ekanligini bilgandim. Bu o'yin hech kimni yodidan ko'tarilmasa kerak. O'shanda "Bavariya" o'yin jihatidan "Manchester Yunayted"dan ustunlikka ega bo'lgandi. Biroq qanaqadir soniyalar ichida hammasi o'zgarib ketib qolgan. Uchrashuvning esa eng yaxshi futbolchisi deb SHmeyxel darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol etgan Mario Basler tan olingan edi.

Ottmar Xitcfeld qo'li ostidagi "Bavariya" bu dahshatli mag'lubiyatdan so'ng sinib qolmadi va oradan ikki yil o'tib, 2000/2001 yilgi mavsumda yana ular ECHL finaliga qadar etib borishdi. Bu safar Ispaniyaning "Valensiya" klubini penaltilar seriyasi orqali mag'lub etishni uddasidan chiqib, bosh tojni boshlari uzra balan ko'tarishga muvaffaq bo'lishgan edi. Keyinchalik jamoada Feliks Magat, yana Ottmar Xitcfeld, Yurgen Klinsmann, Lui van Gal, Yupp Xaynkes kabi mutaxassislar faoliyat yuritishdi.



Lui van Gal boshqaruvida jamoa Germaniya chempionligi va Germaniya Kubogida zafar quchdi. ECHL finaliga qadar etib bordi. Biroq 2009/2010 yilgi mavsumda finalda "Inter"ga imkoniyat boy berildi. Keyingi mavsumda esa Lui van Gal boshqaruvidagi "Bavariya" chempionlikni "Borussiya D"ga topshirib qo'ydi. Bu esa klub rahbariyatiga maqul kelmadi va Lui van Galga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Jamoaga esa eski-tanish Yupp Xaynkes olib kelindi. Ushbu futbol mutaxassisi "Bavariya" bilan dastlabki mavsumdayoq har uchchala frontda ham munosib ishtirok etib kelayotgandi. Lekin mavsumning so'nggi, hal qiluvchi pallasida Xaynkesning "Bavariya"si dastlab bundesligada 16 ochkolik farqni yo'qqa chiqargan "Borussiya D"ga "poyga"da imkoniyatni boy berdi. Bir hafta o'tib Germaniya Kubogi finalida yirik hisobda "Borussiya D"dan mag'lubiyatga uchradi va kubokni ham topshirib qo'ydi. Oradan ko'p o'tmay Myunxenda bo'lib o'tgan ECHL finalida Londonning "CHelsi" jamoasiga penaltilar seriyasida alamli tarzda mag'lub bo'ldi. Yupp Xaynkesning "Bavariya"si har uchchala frontning "final" qismida raqiblariga imkoniyatni boy bergandi va barcha turnirlarda ikkinchi o'rin bilan cheklanib qolingan edi. Yangi mavsum oldidan Uli Xeness bosh murabbiyni almashtirishni istamadi va Yupp Xaynkes keyingi mavsumda ham "Bavariya"ni boshqarib bordi. 2012/2013 yilgi mavsumning ikkinchi davrasi oldidan "Bavariya" klubi Xosep Gvardiola bilan shartnoma tuzgani va keyingi mavsumdan boshlab jamoa ruliga ispaniyalik yosh mutaxassis o'tirishi 2013 yilninig dastlabki oyida rasman elon qilindi. Bu vaqtda esa Yupp Xaynkes jamoani  mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlayotgan edi. O'sha paytdagi klub prezidenti Uli Xeness va Yupp Xaynkes o'rtasida do'stlik aloqalari borligi sabab Yupp bu haqida avvaldan bilgan va o'zi ham shartnomasi so'nggiga qadar ishlab, keyin faoliyatini tugatishi haqida o'ylab yurganini do'stiga bildirib qo'ygan. Bu orada esa matbuotda katta shov-shuv ko'tarildi. Ko'pchilik futbol muxlislari va futbol jamoatchiligi endi Yupp Xaynkes jamoa ruhlantira olmaydi va g'alabalar sari etaklay olishiga shubha bilan qarashni boshladi. Har bir intervyularda, matbuot anjumanlarida Yupp Xaynkesga shu masala borasida turli-xil savollar berila boshlandi. Yupp Xaynkes esa bu borada umuman muammo bo'lmasligini va o'tgan mavsumdagi "qarz"ni qaytarishi takrorlashdan charchamasdi. Eng qizig'i, "Bavariya" klubi Pep Gvardiola bilan shartnoma imzolaganini rasman malum qilganidan so'ng paydo bo'lgan ushbu gap-so'zlardan keyin "Bavariya" aksincha juda dahshatli tarzda o'ynay boshladi. Yupp Xaynkes mavsumning ikkinchi qismini, o'zining murabbiylikdagi so'nggi mavsumini fantastik tarzda o'tkazdi va barcha frontlarda g'alaba qozonib, "Bavariya" tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazishga erishdi. Finish - shunchaki fantastik bo'ldi.

Keyingi mavsumdan esa Xosep Gvardiola jamoani qabul qilib oldi va birinchi mavsumdayoq oltin-dublni qayd etishga erishdi. Lekin ECHLda jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erisha olmadi.

Bu yili "Bavariya" o'zining 115 yoshlik to'yini nishonlamoqda va Gvardiola oldiga har uchchala frontda g'alaba qozonish asosiy vazifa qilib belgilangan.  
Ko'ramiz, Gvardiola ham oltin "trebl"ni qayd eta olarmikan? Buni vaqt ko'rsatadi.



Ko'zguda "Bavariya"ning chempionlik tantanalari.

1966 yil. "Bavariya" Germaniya kubogini qo'lga kiritgan


1967 yil. "Bavariya" ketma-ket ikkinchi mavsum Germaniya kubogiga ega chiqmoqda


1970 yil. "Bavariya"ning navbatdagi tantanasi


1974 yil. "Bavariya" Evropa bosh sovrini qo'lga kiritmoqda


1975 yil. "Bavariya"ning oltin dubli


1989 yil. "Bavariya" yana stadionda muxlislari bilan birga chempionlikni tantana qilmoqda


1990 yil. Stadionga yig'ilgan ishqibozlar "Bavariya"ning chempionligini o'z suyuklilari bilan nishonlashmoqda

 

1994 yilgi chempionlik 

2001 yil. "Bavariya" afsonasi Franc Bekkenbauer

SHtefan Effenburg va Oliver Kan

2003 yil. Jovanni Elber, Ottmar Xitcfild va "Bavariya"ning amaldagi yangi prezidenti Karl Xopfner

2005 yil. Feliks Magat jamoani chempionlikka etakladi


2006. Mixael Ballak va Oliver Kan oltin dublni nishonlashmoqda


2006 yil. Feliks Magat va uning yordamchilari. Narigi moshinada "Bavariya" rahbarlari: Karl Xopfner, Rummenigge, Uli Xeness


2008 yilgi chempionlik. Luka Toni va Frank Riberi o'sha mavsum qahramonlari

 

Lam va Lell chempionlikni nishonlashmoqda 

2010 yil. Germaniyada "Bavariya" nomli nemis mashinasiga teng keladigan jamoa topilmagan edi...


Gollandiyaliklar Robben va van Bommel 2010 yilda "Bavariya"ning muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shishgan edi

"Bavariya"ning 2010 yildagi bosh qo'mondoni - Lui van Gal

2013 yilgi oltin davr. Yupp Xaynkesning "Bavariya"si oldidan chiqqan raqiblarni tor-mor etib oltin xet-tirk qayd etgan edi

Uchchovlon - Lam, Noyer va SHvaynshtayger


Yupp Xaynkes va Bastian SHvaynshtayger g'oliblikni butun Myunxen bo'ylab tantana qilishmoqda

"Bavariya" treblni bayram qilmoqda

Gvardiola o'zining ilk mavsumida Bundesliga chempionligiga erishdi


Jamoada ishlagan bosh murabbiylar: Xosep Gvardiola, Yupp Xaynkes, Andris Yonker, Lui van Gal, Yurgen Klinsmann, Ottmar Xitcfeld, Feliks Magat, Jovanni Trapattoni, Franc Bekkenbauer, Rexagel, Erik Ribbek, Syoren Lerbyu, Udo Lattek, Raynxard Zaftig, Pal CHernai, Dyula Lorant, Dettmar Kramer, Branko Zebech, Zlatko CHaykovskiy.


"Bavariya"ning barcha sardorlari:
2011 - …   Filipp Lam
2008 - 2011   Mark van Bommel
2002 - 2008   Oliver Kan
1999 - 2002   SHtefan Effenberg
1997 - 1999   Tomas Xelmer
1994 - 1996   Lotar Matteus
1991 - 1994   Raymond Aumann
1984 - 1991   Klaus Augentaler
1983 - 1984   Karl-Xaync Rummenigge
1980 - 1983   Paul Braytner
1979 - 1980   Xans-Georg SHvarcenbek
1979 - 1979   Gerd Myuller
1977 - 1979   Zepp Mayer
1970 - 1977   Franc Bekkenbauer
1965 - 1970   Verner Olk


"Bavariya" safida o'ynagan va o'ynayotgan mashhur futbolchilar
:

Franc Bekkenbauer (1964-1977)
Gerd Myuller (1964-1979)
Zepp Mayer (1965-1980)
Paul Braytner (1970-1974, 1978-1983)
Karl-Xaync Rummenigge (1974-1984)
Lotar Matteus (1984-1988, 1992-2000)
SHtefan Effenberg (1990-1992, 1998-2002)
Mexmet SHoll (1992-2007)
Aleksandr Cikler (1993-2005)
Oliver Kan (1994-2008)
Karsten Yanker (1996-2002)
Mixael Tarnat (1997-2003)
Torsten Fink (1997-2003)
Tomas Linke (1998-2005)
Yens Yeremis (1998-2006)
Filipp Lam (2001-2003, 2005-...)
Mixael Ballak (2002-2006)
Sebastyan Daysler (2002-2007)
Bastian SHvaynshtayger (2002-...)
Kristian Lell (2003-2004, 2006-2010)
Mixael Renzing (2003-2010)
Andreas Gyorlitc (2004-2007, 2009-2010)
Andreas Ottl (2005-2011)
Lukas Podolski (2006-2009)
Marsel Yansen (2007-2008)
Mats Xummels (2007-2008)
Yan SHlaudraff (2007-2008)
Toni Kroos (2007-2009, 2010-2014)
Miroslav Kloze (2007-2011)
Tomas Myuller (2007-...)
Tim Borovski (2008-2009)
Xans-Yorg Butt (2008-2012)
Mario Gomes (2009-2013)
Diego Kontento (2009-2014)
Xolger Badshtuber (2009-...)
Manuel Noyer (2011-...)
Jerom Boateng (2011-...)
Emre Jan (2012-2013)
Mario Gyotce (2013-...)
David Alaba (2009-...)
Ouen Xargrivz (2000-2007)
Daniel van Byuyten (2006-2014)
Xasan Salixamidjich (1998-2007)
Xavi Martines (2012-...)
Tiago Alkantara (2013-...)
Pepe Reyna (2014-…)
Xabi Alonso (2014-…)
Luka Toni (2007-2010)
Massimo Oddo (2008-2009)
Roy Makaay (2003-2007)
Mark van Bommel (2006-2011)
Flag Surinama Edson Braafxeyd (2009-2011)
Aren Robben (2009-...)
Robert Levandovskiy (2014-…)
Xamit Altintop (2007-2011)
Anatoliy Timoshhuk (2009-2013)
Biksant Lizarazyu (1997-2004, 2005-2006)
Villi Sanol (2000-2009)
Valeren Ismael (2005-2007)
Frank Riberi (2007-...)
Daniel Pranich (2009-2012)
Ivica Olich (2009-2012)
Mario Mandjukich (2012-2014)
CHiriako Sforca (1995-1996, 2000-2002)
Jerdan SHakiri (2012-2015)
Patrik Andersson (1999-2001)
Samuel Kuffur (1993-1995, 1996-2005)
Mexdi Benatia (2014-…)
Ali Daei (1998-1999)
Ali Karimi (2005-2007)
Martin Demikelis (2003-2010)
Xose Sosa (2007-2009)
Jovane Elber (1997-2003)
Paulo Serjio (1999-2002)
Ze Roberto (2002-2006, 2007-2009)
Lusio (2004-2009)
Luis Gustavo (2011-2013)
Rafinya (2011-...)
Dante (2012-...)
Roke Santa Krus (1999-2007)
Xulio dos Santos (2006-2007)
Klaudio Pisarro (2001-2007, 2012-...)
Xose Paolo Gerrero (2004-2006)
Lendon Donovan (2009)

"Bavariya" klubining erishgan yutuqlari
:
Germaniya chempioni: (24) - 1931/32, 1968/69, 1971/72, 1972/73, 1973/74, 1979/80, 1980/81, 1984/85, 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90, 1993/94, 1996/97, 1998/99, 1999/00, 2000/01, 2002/03, 2004/05, 2005/06, 2007/08, 2009/10, 2012/13, 2013/14

Vice-chempion: (10) - 1969/70, 1970/71, 1987/88, 1990/91, 1992/93, 1995/96, 1997/98, 2003/04, 2008/09, 2011/12

Germaniya Kubogi sohibi:
(17) - 1956/57, 1965/66, 1966/67, 1968/69, 1970/71, 1981/82, 1983/84, 1985/86, 1997/98, 1999/00, 2002/03, 2004/05, 2005/06, 2007/08, 2009/10, 2012/13, 2013/14

Germaniya ligasi kubogi sohibi: (6) - 1996/97, 1997/98, 1998/99, 1999/00, 2003/04, 2006/07

Germaniya superkubogi sohibi: (5) - 1983, 1987, 1990, 2010, 2012

Telekom-Cup: (2) - 2013, 2014

Evropa CHempionlar ligasi: (5): 1973/74, 1974/75, 1975/76, 2000/01, 2012/13

Kubok egalari Kubogi: (1): 1966/67

Evropa ligasi (UEFA Kubogi): (1): 1995/96

UEFA Superkubogi: (1): 2013

Qitalarqaro Kubogi
: 1976, 2001

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati
: 2013



"Bavariya" jamoasi bugun o'z tug'ilgan kunida Bundesliganing 23-tur doirasidagi "Kyoln"ga qarshi bahsini o'tkazadi. Bayram bayramdek o'tishi uchun "gollivudliklar" o'z muxlislariga chiroyli g'alabani taqdim etish uchun o'ynashlari aniq.

Alles Gute zum Geburtstag, Bayern! Mia San Mia!


SHahboz BEG'AMOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика