So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  3 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Allegrining "Yuventus"dagi kelajagi malum Yangiliklar

Allegrining "Yuventus"dagi kelajagi malum

Bu haqda "Football Italia" nashri xabar qildi.

Italiya chempioni "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kelasi mavsumda ham jamoada qolishi aniq bo'ldi.

Kecha Turindagi Kontinasse shtab-kvartirasida rahbariyat va Allegri o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuvda ko'plab masalalar va yangi mavsum rejasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Allegrining klub bilan shartnomasini uzaytirish masalasi ijobiy hal etilmagan. Ammo shunisi aniqki, Allegri yangi mavsumda ham "Yuventus"da qoladi va shartnomasi yakuniga qadar jamoani shug'ullantiradi. Allegrining klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Kelasi mavsum yozda esa yangi shartnoma bo'yicha qayta muzokara o'tkazish rejalashtirilgan.

Allegri "Yuventus"da to'rt mavsumdan buyon ishlamoqda va murabbiy har yili jamoaga "oltin dubl" taqdim etmoqda. Allegri ishlagan barcha mavsumlarda "Yuventus" Italiya chempionligi va Italiya kubogi sohibiga aylandi.

Yangi mavsumda "Yuventus"ning himoya chizig'i va markaziy yarim himoya qayta yangilanishi kutilmoqda. Jamoa hozirgacha darvozabon Mattia Perin, markaziy himoyachi Kaldara, qanot himoyachilari Spinaccola, Darmian, yarim himoyachilar Bonaventura, Kristante hamda Emre Jan masalasida og'zaki kelishuvga erishgani malum qilinmoqda. Tez orada ushbu transferlar rasman hal etilishi kutilmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика