Allegri "Yuventus"ning asosiy raqibi kim ekanligini aytdi
01 avg 2017 11:24
Yangiliklar
Allegri "Yuventus"ning asosiy raqibi kim ekanligini aytdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri oldinda turgan mavsumda jamoasining asosiy raqibi qaysi klub ekanligini aytib o'tdi.
"Oldinda turgan mavsumda chempionlikni qo'lga kiritish biroz qiyin bo'ladi, chunki raqiblarimizning hammasi kuchaydi. Ketma-Ket ettinchi bor g'olib chiqish oson bo'lmaydi, lekin bu bizning asosiy maqsadimiz.
O'tgan mavsum "Roma" o'z hisobiga 87 ochko yozib qo'ydi, bu ularning tarixiy rekordi, shuning uchun ham ular bizning asosiy raqibimiz. Lekin, "Napoli", "Milan" va "Inter" ham birinchi o'rin uchun kurashishini tushunish kerak. Bundan tashqari, "Lacio" haqida ham unutmaslik lozim", - dedi Allegri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum A seriyada "Yuventus" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Roma" ikkinchi, "Napoli" esa uchinchi bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar