Allegri: "Yuventus"ning Fergyusoni bo'lmoqchiman"
05 apr 2019 21:26
Yangiliklar


Allegri: "Yuventus"ning Fergyusoni bo'lmoqchiman"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubda "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson kabi bo'lmoqchi.
"Har doim futbolni qiyinlashtiradigan odamlar bo'ladi. Ularni ko'rsam aqldan ozaman. Men aniq kimnidir aytib o'ta olmayman. Ular oddiylikni mukammallashtirishadi.
Oddiylik - eng qiyini, biroq biz noto'g'ri yo'ldan ketyapmiz va o'z ishimizni qiyinlashtiryapmiz.
Natijalar klubning moliyaviy holatiga tasir qiladi. "Yuventus"da uzoq yillar ishlab, jamoaning Fergyusoni bo'lishni istayman", - dedi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar