Allegri “Yuventus” bosh murabbiyligidagi so'nggi matbuot anjumanida nimalar dedi?
27 may 2019 08:06
Yangiliklar


Allegri “Yuventus” bosh murabbiyligidagi so'nggi matbuot anjumanida nimalar dedi?
Allegri Turin klubidagi so'nggi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Men g'oliblardan tashkil topgan jamoani qoldirib ketyapman. “Yuventus” kelasi mavsum ham bemalol Italiya chempioni bo'lishi mumkin. Bu haqda yuz foiz bo'lmasa-da, kamida sakson foiz aniq deb gapirish mumkin. Men hech narsadan afsuslanmayman. Menga ushbu ajoyib jamoani qurishda yordam bergan barchaga rahmat. Jamoaning barcha azolariga — stadion maysasiga javobgar xodimlardan tortib, eng katta rahbarlargacha rahmat aytaman. “Yuventus” rahbariyati kaminaga har doim g'alabaga kerak bo'lgan resurslarni taqdim eta oldi”,—deydi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar