Allegri va Bonuchchi o'rtasida muammo bormi? Murabbiy javob berdi
28 iyu 2018 12:46
Yangiliklar
Allegri va Bonuchchi o'rtasida muammo bormi? Murabbiy javob berdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri OAVda elon qilingan u va jamoaning sobiq himoyachisi, hozir "Milan" sharafini himoya qilayotgan Leonardo Bonuchchi o'rtasidagi kelishmovchilik haqida fikr bildirdi.
Oldinroq, Bonuchchi "Yuventus"ga qaytmoqchi ekanligi elon qilingan edi. Bazi Italiya OAV malumotlariga ko'ra, himoyachi Turin jamoasini 2017 yilda Allegri bilan kelishmovchilik uchun tark etgan.
"Bonuchchi bilan munosabatimiz yaxshi. Bahslashganmiz, ammo bu narsa hamma futbolchilar bilan bo'lgan. Bu ishimizning bir qismi. O'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Transfer bozori haqida gapirmoqchi emasman, bu klubning ishi. Hozir "Yuventus"da 5 nafar ajoyib markaziy himoyachi bor" - deydi Allegri.
Fikrlar