Allegri Ronalduning boshqa futbolchilardan farqi nimada ekanligini aytdi
15 may 2019 14:16
Yangiliklar


Allegri Ronalduning boshqa futbolchilardan farqi nimada ekanligini aytdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Turin klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqa futbolchilardan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirdi.
"Mentalitet nuqtai nazaridan u boshqalardan kuchliroq. Har kuni u yangi muvaffaqiyatlar uchun o'ziga maqsad belgilab oladi. Faoliyati davomida deyarli barcha sovrinni yutgan 34 yoshli futbolchi g'alabalarga chanqoq bo'lishi qiyin, ammo unda aksincha. Barchamiz Ronaldudan o'rganishimiz kerak, xatto men ham, chunki hamma ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan ishlayvermaydi" - deydi Allegri.
Ronaldu 2018 yilning yozida 100 mln. evro evaziga "Real"dan "Yuventus"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar