So’nggi yangiliklar

19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  1 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  29 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  20 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0

Allegri "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan: "Spallettini qattiq hurmat qilaman" Yangiliklar

Allegri "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan: "Spallettini qattiq hurmat qilaman"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Jamoam o'zini yaxshi his qilmoqda. 3 kun davomida yaxshi mehnat qildik, futbolchilarning jismoniy holati yomon emas.

Futbolda bir qoida bor: o'yin vaqtida qilgan ishlaringning ertasi kuni hech qanday ahamiyati bo'lmaydi. Biz yanada jipsroq bo'lishimiz va qattiq mehnat qilishimiz kerak. Oldimizda ECHLga qaytish maqsadi qo'yilgan

Yaxshi o'yin bo'ladi, muxlislarga to'la stadionda ajoyib futbol oqshomi. Biroq bu hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Bu bahs bizdan ko'ra "Napoli" uchun muhimroq. Ha, hozir shunday.

Ertaga liganing eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynaymiz, bu borada turnir jadvali barchasiga javob beradi. "Napoli" - ayni damda chempionat g'olibligi uchun asosiy davogar. Jamoa 44 ochko yig'di va bir marta mag'lub bo'ldi. Texnik va taktik tomonlama juda yaxshi tayyorlangan jamoa.

Spallettini qattiq hurmat qilaman, u zo'r murabbiy va qattiqqo'l rahbar. Uning ishi hurmatli darajada.

Ammo men ham murabbiyman. Ammo hayot shuni taqozo qildiki, ayni damda ishlarimiz ikki xil. Agarda gap faqatgina futbolda bo'lsa u hozir juda zo'r, eng yaxshisi", - dedi Allegri.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика