So’nggi yangiliklar

12:29Зидан "Манчестер Юнайтед"даги вазиятни кузатиб бормоқда  0 11:58"Севилья" "Реал" ва "Барселона" ўйинчиларини ижарага олмоқчи  0 11:28«Милан» ёзда Пиолини истеъфога чиқаради. Унинг ўрнига ким бош мураббий бўлиши маълум  7 11:04«Реал Мадрид» Начонинг ўрнига кимни олиб келиши маълум  5 10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  4 10:38Ёзда «Барселона»ни тарк этадиган Хави Европанинг номдор жамоасига бош мураббий бўлиш учун асосий даъвогар  7 10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  8 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  3 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  14 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0

Alkogol, mamlakatga kirish, bepul chiptalar haqida afsonalar, jinoyatchilik, qo'shnilar bilan mojarolar, Rossiya-2018 misoli. JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosidan Qatar haqida million hikoya Yangiliklar

Alkogol, mamlakatga kirish, bepul chiptalar haqida afsonalar, jinoyatchilik, qo'shnilar bilan mojarolar, Rossiya-2018 misoli. JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosidan Qatar haqida million hikoya

Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev "Sport-Ekspress" nashri va jurnalist Igor Rabinerga mundial borasida intervyu berdi.

JCH-2022dagi muxlislar 


Katta suhbat


Qatar va JCH-2022ning tashkiliy ishlarini bu jarayonni ichidan biladigan, u va mamlakat haqida shu rakursdan gapira oladigan odamlardan bilish qiziqroq. Ulardan biri musobaqa tashkiliy qo'mitasida menejer lavozimidagi xodim Alisher Nikimbaev. U futboldagi faoliyatini 90-yillarda jurnalist sifatida boshlagan (biz u bilan birga 1993-yilda haftalik "Futbol kureri" haftaligida ishlaganmiz), keyinroq O'zbekiston futbol federaciyasida ishlagan, 2010 yilda esa Osiyo futbol konfederaciyasiga o'tgan. Nikimbaev mana besh yildan beri Qatarda yashaydi va hozirgi payt uning uchun eng qaynoq damlar — u barcha sakkizta stadion bilan doimiy aloqada bo'lib, JCHda bir kunda ikkita o'yinga javob beradi. U suhbatimiz davomida 61ta xabar olishga ulgurdi!

CHempionat boshlanishidan bir kun oldin men "Ahmad bin Ali" stadioni yonidagi savdo markazida sovuq qahva, JCH-2022ni o'z hayot turniri deb ataydigan suhbatdoshim esa issiq qahva ichdi. Va uni ingliz tilida gapiradigan hamkasblari nomlagandek Ali Qatardagi Jahon chempionatiga qiziqqan inson bilishi kerak bo'lgan millionta turli xil narsalarni gapirib berdi. Faqatgina turnir oldidan stadionlardagi spirtli pivaga taqiq qo'yilgani haqidagi savolga "SHarhsiz" so'zi yangradi. Bundan esa ushbu qarorning qabul qilinishiga hech qanday aloqasi yo'qligi va unga hech qanday tasir ko'rsata olmasligini tushunish mumkin.


"974 stadion".


Sakkizta stadionning ettitasida kondicionerlash tizimi mavjud. Odamlar iyunda tribunalarda muzlashgandi!


— Jahon chempionati noyabr-dekabr oylarida 30 gradusli issiqda boshlanadi. Men baribir salqinroq bo'ladi deb o'ylagandim yoki xato fikrlaganmanmi?

— Bu biz uchun ham syurpriz. Ammo, sakkizta stadionning ettitasida maydonda ham, tribunalarda ham kondicionerlash tizimi mavjud. Faqatgina "974 stadion"da yo'q. SHu sabab u o'yinlarni 19.00dan erta qabul qilmaydi. Bundan tashqari, u dengizga ham yaqin — undan ellik metr.

Biz iyunda ushbu stadion ("Ahmad bin Ali" tomonni ko'rsatmoqda)da ketma-ket ikki kun o'yinlar o'tkazdik. Bu qitalararo pley-off o'yinlari — Peru — Avstraliya va Kosta-Rika — Yangi Zelandiya. U erdagi odamlar shunchaki muzlab qolishdi! Qatarda iyun oyida! Ularga sovuq bo'ldi, sababi kondicionerlar to'liq kuch bilan ishladi.

— "974 stadion" kondicionerlash tizimi bilan jihozlanmaganiga qaramay, sizga eng yoqadigani. Nimaga?

— Dunyodagi barcha zamonaviy stadionlar — deyarli bir xil. Fasad va o'rindiqlar rangi turli xil bo'lishi mumkin. "974" huddi shuncha miqdordagi yuk konteynerlaridan qurilgani bilan original konsepciya. Garchi rasmiy malumot yo'q bo'lsa ham, uni turnirdan so'ng bo'laklarga bo'lishadi. U shunchaki texnik taraflama qolishi mumkin emas, sababi unda arenani uzoq vaqt saqlab tura oladigan fundament yo'q. Savol shundaki, u 2024 yilning yanvarida o'tadigan Osiyo Kubogigacha qolish yoki qolmasligi. Uning hayoti o'tgan yilgi Arab Kubogi (o'tgan yili mintaqaning 16 jamoasi ishtirok etgan ushbu turnir muvaffaqiyatli tarzda Konfederaciyalar kubogi o'rnini egalladi) va JCH-2022 bilan cheklanishini istisno etib bo'lmaydi. Uchta turnir — maksimum. Dunyoning qaeridadir va qachondir shunday stadion quriladi deb o'ylamayman.

Ayniqsa kechasi barcha yoritgichlar bilan yoritilgandagi fotosuratlar hislarni etkaza olmaydi. Barchasi odatdagidek, ichida va tribuna osti joylarda esa... Har bir konteynerning o'z rangi va vazifasi bor. Kabinetlar bir xil rangda, boshqalari — hojatxonalar va hokazo.

— Nega "974" deb nomlangan?

— Bu Qatarning telefon kodi. Stadion qurilgan konteynerlar soni mamlakat kodi bilan mos keladi. Qanday qilib buni loyihalashtirish mumkinligini bilmayman. U erda yaxshi o'yinlar bo'ladi — masalan, Braziliya — SHveycariya.

— Originallik bo'yicha yana qaysidir arenalarni ajratib ko'rsata olasizmi?

— Ko'plarining o'ziga xos xususiyatlari bor. "Al Tumama" stadioni arab qalpoqchasi shaklida qurilgan, arena ichida esa milliy bosh kiyimlari to'plangan kichik muzey bor. "Al Beyt" stadioni (ochilish o'yini o'tgan stadion) — bu arabcha chodir. So'zning o'zi "uy" degan manoni bildiradi va hatto ichida ham gilamlarga taqlid qilingan. "Lusail" — bu qayiq. Originallik bo'yicha uchlikka "974", "Al Beyt" va "Al Tumama"ni qo'ygan bo'lardim.


Muxlislar aeporortda.


Faqatgina 2 dekabrdan keyingina Qatarga o'yin uchun chiptasiz kirish mumkin


— Muxlislarning Hayya kartalari Rossiyadagi Fan ID bilan taqqoslanadi. To'g'rimi?

— G'oya Rossiyadan kelgan, bu erda yashiradigan narsa yo'q. JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati u erda qanday ishlashini ko'rishgan va g'oya yoqqan. U o'tgan yili Konfederaciyalar kubogining yaxshilangan analogi bo'lgan Arab kubogi bilan amalga oshira boshlandi. O'shanda u mukammal emasdi, ammo u jahon birinchiligiga ishlandi. JCH-2018dan biroz farqlar bilan.

Rossiyaga Fan ID'siz borish mumkin edi. SHunchaki mamlakatga kelib, biletlar xarid qilib, joyida biletlar xarid qilgan va muxlis pasportini rasmiylashtirgan insonlarni bilaman. Bu erda 1 noyabrdan boshlab mamlakatga Hayya kartasisiz kirish deyarli imkonsiz. Masalan, Rossiya fuqarolari odatiy vaqtlarda Qatarga vizasiz kirish huquqiga egalar. Ammo, hozir emas. 20 oktyabr kuni Hayya'siz kelganlar 1 noyabr kuni Ichki ishlar vazirligining eng yaqin bo'limida qaytadan ro'yxatdan o'tishi yoki Qatarni tark etishi kerak. Bunday qattiq funkcionallik mamlakat hajmi bilan bog'liq. Rossiyada buni qo'llash mumkin emasdi. SHunday qilib, kichik davlat odamlar oqimini nazorat qilishga harakat qilmoqda. Agar aniq kirish bilan bog'liq nazorat bo'lmasa, chempionatdagi barcha mehmonlarni mehmonxonada joy bilan taminlash qiyin bo'lardi. Yani, JCH-2022dagi Hayya vazifalari 2018 yildagi Fan ID'dan kengroq.

— Rossiyada hozir bo'layotganidek ichki musobaqalarda ham Hayya'ni vaqt o'tishi bilan ommalashtirish mumkinmi?

— Yo'q. Faqatgina boshqa xalqaro turnirlarda bo'lishi mumkin. Sentbyar oyi boshida JCH-2022 finalini qabul qiladigan ochiq stadion "Lusail"da Superkubokni o'tkazdik. Bu "Al Hilol" — "Zamalek" o'yini bo'ldi, Saudiya Arabistoni va Misr chempionlari. O'sha erda Hayya ishlatildi, ammo ko'proq tizimni tekshirish uchun. Sababi Hayya kartasi — nafaqat davlatga kirish uchun, balki stadionga kirish uchun ham kerak. U siz hatto chipta bo'lsa ham, arenaga qo'yishmaydi.

— Masalan, xotinim Qatarga uchishni xohlasa, buni qanday qilish mumkin?

— Agar u 2 dekabrgacha kelsa, navbat bunday bo'ladi. Avvaliga u o'yinga chipta xarid qilishi kerak. U shundan so'ng Hayya kartasi uchun ro'yxatdan o'tadi. SHu bilan birga, mehmonxonani band qilish kerak. SHu uchta narsa bo'lsa unga ruxsat beriladi — va u mamlakatga kiradi.

2 dekabrdan boshlab (turnirning guruh bosqichi tugaganda) mamlakatga o'yin uchun chiptasiz kirish mumkin. Ammo, shu sabab kirish paytida 500 rial (150 dollar atrofida) to'lash kerak. Buni viza yig'imi desa bo'ladi. Ammo, shu bilan birga, Hayya kartasidagi registraciya va mehmonxonani band qilish talabi qoladi. Bunday holatda mamlakat ichida stadion uchun chiptalar izlash mumkin bo'ladi.


Aleksey Sorokin va Zabivaka


— Rossiya-2018 tashkiliy qo'mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin hozirgi tashkiliy qo'mitada 350 nafar rossiyalik ishlashini aytdi.

— Bu erda Rossiya va u erlik insonlarga munosabat juda yaxshi. Tashkiliy qo'mitaning WhatsApp'da katta rus tilidagi guruhi bor. Va Sorokinning o'zi ham unda ishlaydi, uzoqqa borish kerakmas. Hech kim siyosiy qarashlar haqida so'ramaydi. Bu hayotning bir qismi, u haqida savol so'rash, menimcha noto'g'ri. Va men buni hech qachon qilmayman.

— Agar to'g'ri tushungan bo'lsam, Qatar pragmatik ravishda Rossiya-2018 tashkiliy qo'mitasining tajribasini o'rganishga qaror qildi. Sorokinning so'zlariga ko'ra, 60 foiz atrofidagi rossiyalik aynan u erdan o'tishgan?

— Undan ko'p bo'lmasa agar. Deyarli barcha deb o'ylayman. Bu erda Sochidagi Olimpiadada ishlaganlarni ham bilaman. Qatar faqatgina Rossiya tajribasini ishlatayotgani yo'q. Bizda juda ko'plab braziliyaliklar, yuz nafar atrofida ozarbayjonliklar bor.

— Ularni nega jalb qilishdi?

— Evro-2020, Evropa o'yinlari, "Formula-1". Agar faqatgina tor doiradagi sport qismini olsak, bizga ko'p odamlar kerak emas. Lekin IT, qurilish — buning uchun futboldagi mutaxassis bo'lish shart emas. Agar siz "Formula-1"ni o'tkazsangiz va yuqori texnogoliyalarda mutaxassis hisoblansangiz, unda futbol bo'yicha JCHni ham o'tkaza olasiz, sababi IT bu IT. Stadiondagi kompyuter infrastrukturasi sport turidan ajratilgan alohida narsa.

— Umuman nuqtai nazar shuki — Qatarda pul bilan muammo yo'q. Maoshingiz — oldingidagidan ko'ra osmon bilan ercha farq qiladimi?

— Yo'q. Mintaqa uchun odatiy, aqlbovarqilmas hech narsa yo'q. Amirliklarda to'rt yil ishladim, bundan oldin Malayziyada bo'lganman, bu erda esa besh yil — maoshlar aqlni ozdiradigan darajada yuqori emas. Ha, yaxshi, nolisam gunoh bo'ladi. Ammo, bizni pulga ko'mib tashlashmagan.

Kambag'al chet ellik ishchilarga to'xtalsak... Agar bizning nuqtai nazarimiz bilan qarasak — ha, ular kam oladi. Odamlar tayyor bo'lgan joylarida ishlaydilar. Hech kim ularni majburlamaydi. Agar menga shu pul evaziga o'sha ishni taklif qilishsa, men rad qilardim. Ular esa rozi bo'lishmoqda. Bu savol Hindiston, Bangladesh hukumatlariga — nega ularning fuqarolari bunday shartlarga tayyorlar. Nega bu hukumatlarga bunday savollar berilmaydi?

The Guardian'ning endigina to'g'ri talqin qilina boshlagan maqolasi bor. Haqiqiy maqolada stadionlardagi qurilishlarda olti yarim ming kishi o'lgani aytilmagan. Gap so'nggi o'n yil ichida beshta mamlakatdan kelgan insonlarning o'limi haqida bo'lgan. Demografiyaga qaytamiz — Qatarda 2 million 700 ming son yashaydi. 90 foizi — migrantlar. SHu bilan birga, nashrda tilga olingan besh mamlakatdan Qatarga kelgan insonlarning umumiy soni bir million sakkiz yuz ming. Bu mamlakatning yarmida ko'proq!

Agar yillarga bo'lsak — har yili 650 inson o'lgan bo'ladi. Yani, ushbu mamlakatlardan kelgan migrantlarning 0,03 foizi. Ha, bu o'sha oilalar uchun og'ir va biz faqatgina ularga hamdardlik bildiramiz. Ammo, insonlar o'ladi. Raqamlar esa muammo ko'lamini bo'rttirib ko'rsatadi.

Insonlar ko'plab narsalarni to'liq o'rganishni xohlashmaydi. Bu erga besh yil oldin kelganimda, barcha chet elliklarga taaluqli bitta qonun bor edi. Agar ish beruvchi ruxsat bermasa, odam Qatardan chiqib keta olmaydi. Tatil uchun arizada yozishim kerak edi — mamlakatdan chiqish bilan yoki mamlakatdan chiqmasdan. Agar birinchisi bo'lsa ruxsat berishni so'rash, uchib ketish va uchib kelishni ko'rsatish kerak. Evropaliklarning nuqtai nazari bo'yicha, bu inson hukuqlari buzilishi. Bugungi kunda ushbu qonun bekor qilingan.

Ammo, bu qaerdan kelib chiqqanini tushunish kerak. 2008 yilda bu erda juda jiddiy moliyaviy inqiroz bo'lgan. Barchasi ishdan chiqqan — Amirliklarda ham, bu erda ham. Boshqa davlatdan kelgan insonlar ishsiz qolishdi, shunchaki barchasini, jumladan qarzlar, banklardagi kreditlarni tashlab ketishdi. Bu ham inqirozni kuchaytirdi. Qatar hukumati bunday qonunni joriy etgan holda, o'z kompaniyalari va banklarini himoya qilishga urindi. CHet ellik ishsizlarning huquqlarini poymol qilish haqida so'z ham bormagandi. Takrorlayman, bu qonunni ham bir necha yillar oldin bekor qilishdi.


Musobaqa timsoli — Laib nomidagi uchuvchi gilam.


Bu erda o'g'rilik yo'q va paparaccilarni tasavvur qilish imkonsiz


— Qatar va xavfsizlik — bu masala bo'yicha eng qiziqarli nima narsalar bor?

— Qatar dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri. Oddiygina misol keltiraman. Kecha mashinamning oynasini ko'tarishni unutibman. Hamyonim bir necha soat barchaning ko'z o'ngida qolib ketgan. Ammo, tabiiyki, hech narsa bo'lmadi. Men vatanim O'zbekiston, Malayziya va boshqa davlatlarda yashaganman va ko'pida bunday narsa imkonsiz. Ammo, bu erda kimningdir yovuzligi bilan hech narsa yo'qolmaydi. Deyarli hatto kichik o'g'riliklar ham yo'q, jiddiy jinoyatlar haqida gapirmasa ham bo'ladi.

— Qonun bo'yicha o'g'rilik uchun qo'llarni kesishmaydimi?

— To'g'risini aytsam, bilmayman ham. Har ehtimolga qarshi, anchadan beri bunaqa narsa ro'y bermagan. Saudiya Arabistonida jazolar bo'lganini eshitdim, odamlar toshlar otishgan, bu yaqinda bo'ldi. Ammo, Qatarda emas. Kiyimlar bo'yicha ham qatiy qonunlar yo'q. Masalan, doim shortida yurish mumkin va men ham shunday qilaman. Besh yil ichida hech kim oldimga kelib bosim o'tkazish u yoqda tursin, ogohlantirish ham bermadi. Ayollar ham ochiq elkalar bilan yurishi mumkin. Ular futbolga muammosiz tushishadi. Saudiya Arabistonida ayollarning o'yinlarga tushishiga taqiq bor edi, Eronda esa hali ham bor. Qatarda esa umuman bo'lmagan.

Mamlakatdagi xavfsizlik bilan stadiondagi xavfsizlik, ayniqsa JCH paytida, bular boshqa-boshqa narsalar. Qatarda buni bilishgan va shuning ustida ishlashgan, sinov tadbirlari o'tkazilgan, bu jumladan xavfsizlik xizmati xodimlarini o'qitish uchun ham qilindi. SHu sabab chet ellik mutaxassislar ham jalb qilindi — arenada ko'plab turk policiyachilarini ko'rishingiz mumkin. Bu mamlakatdagi futbol muxlislarining xarakterini hisobga olsak, ularda katta tajriba bor.

Biz ushbu yilning yanvar oyi boshida shu erda Turkiya Superkubogini o'tkazdik va hatto "Antalyaspor"ning kichik bo'lgan faol muxlislar guruhi ham nima ekanligini bilamiz. Xavfsizlikda boshqa davlatlardan ham mutaxassislar bor.

— Rossiya-2018da policiyaning boshqa mamlakatlardan kelgan muxlislarga bo'lgan munosabati namunali edi. Qatardan nima kutish mumkin?

— Bu erdagi odatiy hayotda poziciya sezilarsiz. Bu siz doim policiyachilarni ko'radigan sobiq SSSR davlati emas. Masalan, sizni shunchaki hujjatlarni tekshirish uchun DAN xodimlari to'xtatishi mumkin bo'lgan Toshkent bilan taqqoslasak, Qatarda bunaqasi bo'lmaydi. Besh yil shu erda yashar ekanman, hech kim meni to'xtatgani va "Hujjatlarni ko'rsat" degani yo'q. Bu erda huquqi bo'lmasa ham, mashina haydab yuradiganlarni bilaman, hech narsa bo'lmaydi. Policiyaning bu erdagi maqsadi shinangiz yorilib qolganini ko'rganda to'xtab, uni almashtirishga yordam berishdir. Ammo, shaxsiy hayotni himoya qilish nuqtai nazaridan boshqacha mentalitet mavjud. SHu sabab hozir kelayotganlar bilan tushunmovchiliklar paydo bo'ladi. Buni bir muddat shu erda yashaganingizdan so'ng tushunasiz.


Turnirning ochilish marosimi.


— Huddi yaqinda daniyalik teleoperator bilan sodir bo'lgan voqealar sodir bo'lganga o'xshagan vaziyatlar ro'y bersa, vaziyatni o'zgartirish uchun richaglar bormi?

— Ha, har kuni bularning hammasi xabar qilinadi va mamlakatda yuqori darajada tahlil qilinadi. Har qanday janjal u erda malum bo'ladi. Bu erda tushunish kerak: Qatarda Evropadagiga qaraganda shaxsiy hayotga boshqacharoq munosabat mavjud — u qonun bilan ancha qattiqroq himoyalangan. Bu erda shaxsiy hayotdagi suratga olishlardan pul ishlaydigan paparaccilarni tasavvur qilish imkonsiz. SHu bois insonlar ularga bu erda suratga olish mumkin emasligini aytishsa, ular bazan tushunishmaydi. SHuningdek, ayrim policiyachilar manan buni qabul qilishlari qiyin. Ammo, bu o'rganiladi va hal qilinadi.

Daniyaliklar bilan bog'liq vaziyatda (ushbu video hozirda millionga yaqin ko'rilgan) Qatarda qirg'oq bo'yidagi ko'ngilochar markazda, ochiq joydagi mashhur oilaviy dam olish maskanida jonli efir vaqtida qo'riqchilar jurnalistga "Bu erda suratga olish mumkinmas" degan. Televidenie xodimlari ruxsat beruvchi hujjatlarni ko'rsatishga harakat qilishdi, ammo bu ish bermadi. Hududni u erda dam oluvchilarning shaxsiy hayotini himoya qilishni o'z burchi deb bilgan kompaniya nazorat qiladi.

— Hozirda ushbu kompaniyaga JCH-2022 vaqtida bunday qilmaslik tushuntirilmoqdami?

— Ha. Bu aniq. Jurnalistlar bilan bo'lgan har qanday narsaga birdan reakciya beriladi. SHunga qaramay, ko'plab taniqli insonlar ochiq tarzda yolg'on gapirishmoqda. Aytaylik, Filipp Lamning intervyusi. U ikkita punktda bilmagan narsalarini muhokama qiladi. Birinchidan, futbol — Qatardagi eng ommabop sport turi emas, ikkinchidan, go'yoki qizlarda bu sport turi bilan shug'ullanish imkoni yo'q.

Mamlakatdagi mahalliy aholi — 300 ming inson. Umumiy aholi, qaytaraman, — 2 million 700 ming. Agar hindlarni ko'rsak, balki kriket birinchi o'rinda bo'lar, ammo qatarliklar uchun futbolga teng keladigani yo'q. Masalan, o'tgan yili Arab Cup'da muxlislar tashrifi bo'yicha uch bor turnir rekordini o'rnatganmiz. BAA bilan o'yinda siyosiy tasir borligi aniq, bu erda qo'shnilar uchrashishgandi. Ammo, 60 mingdan ortiq inson kelgan. Qanday qilib futbol birinchi raqamli sport turi emas deyish mumkin? Buncha muxlis yana nimaga kelishi mumkin?

Bu erda yashagan joylarimdan ko'ra eng ko'p futbol ko'rish imkoniyatiga egaman. BeIN Sport kanali orqali deyarli barchasi ko'rsatiladi! Men MYU muxlisiman. "Yunayted" o'yini kuni hatto qaysi kanal ko'rsatishini o'ylamayman ham. Baribir ko'rishimni bilaman! Asosiy ligalarning barchasi bilan holat shunday. Agar futbol ommabop bo'lmaganda, undagi huquqni hech kim sotib olmasdi. Hatto JCH-2022 uchun Evropadagi saralashni shu erda ko'rish mumkin edi.

Qizlar haqida. 2019 yilgi klublar o'rtasidagi JCHdayoq to'p uzatgan bolalarning yarmi qizlar edi. Bu erda qizlar uchun futbol maktablari bor! U erda qatarlik mahalliy qizlarning qanchaligini ayta olmayman. Ammo, Qatarda yashayotgan har qanday millatdagi qiz futbol bilan shug'ullanishni istasa, unda shunday imkoniyat bor, — bunga javob beraman. Va ular hozir Jahon chempionatida ham to'p uzatishmoqda. Har bir stadionda 12 nafar o'g'il va 12 nafar qiz bola bor. Sakkizga ko'paytiramiz va JCH-2022da 96 nafar bol-gerlz bo'ladi!

Aytgancha, JCH-2018da menimcha ularni turli xil mamlakatlardan olib kelishgan — buni homiylardan biri o'z bo'yniga oldi. Bu erda ushbu loyihadan pandemiya va ortiqcha parvozlar sabab voz kechishdi: ular faqat mahalliy aholiga etibor qaratishga qaror qilishdi. Ular futbolni yaxshi o'ynashadimi yoki yo'q, bu boshqa savol. Ammo, ular bu bilan muntazam ravishda shug'ullanishadi.

— Lamning intervyusida sizni nimadir o'ziga jalb qildimi?

— Bu misollardan biri. Qatar haqida yomon gapirayotganlarning barchasi yolg'on gapiryapti deya olmayman. Ammo, odamlar juda ham ko'p bilmaganlarini gapirishadi. Masalan, menga kiyingan "muxlislar"ga sutkasiga 10 dollar bergan holda tekin chiptalar berilayotganini, turar joy va ovqati bepulligini aytishsa... Bu safsata. Men tashkiliy qo'mitada ishlayman — va shunga qaramay, sotib olgan chiptalarimga bir tiyin ham chegirma olmaganman! Bizda tekin biletlar yo'q — xodimlar uchun! O'zinikiga berishi mumkin bo'lsa, nega pokistonlik ishchiga berishadi, ammo qilishmaydi?!

Hamma aytadi — masalan, bu braziliyalik muxlislar emas. Demak, Qatar va ko'plab mamlakatlardagi farq shu. Yana aytaman: mahalliy aholi — 10-11 foiz. Qolgani — chet elliklar. Agar tashkiliy qo'mitada ishlamaganimda, hozir Angliya terma jamoasi libosini kiyib, o'yinga borgan bo'lardim. SHu bilan birga, albatta ingliz jentlmeniga o'xshamayman. Ammo, bu "uch sherlar" libosini kiyishimga to'sqinlik qilmaydi. Bazida shunday narsalarni o'qiganingizda va eshitganingizda, shunchaki hayratda qolasiz.


Muxlislar stadion atrofida.


Alkogol


— Agar so'nggi paytlardagi stadionlarda alkogolli pivaning taqiqlanishi haqida emas, balki umuman alkogol mavzusi haqida gapirsak — insonlar nimani tushunishlari kerak? Va umuman bu erda qanday qilib spirtli ichimliklarni olish mumkin?

— Bitta Qatar Distribution Company mamlakatga spirtli ichimliklarni etkazib beradi. Har qanday monopoliya bilan bo'lgani kabi, narxlar bozor narxidan yuqori bo'lishi aniq. Duty free'da ham o'sha, u mamlakatda joylashgan alkogol do'konlarga egalik qiladi.

— Qanday do'konlar?

— Unga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsati borlargina kirishi mumkin. Ushbu ruxsatni olish uchun siz avval ish beruvchidan ish haqini ko'rsatgan holda qarshi emasligi haqida xat olishingiz kerak. SHunga qarab, ichimlikni qancha miqdorda sotib olish mumkinligi bo'yicha chegara belgilanadi. Rus tilida aytganda, maoshning hammasini yoki hatto yarmini ham ichib bo'lmaydi. Siz alkogolikka aylanib qola olmaysiz. Sizda daromadning malum bir foizi borki, siz undan oshira olmaysiz. 

Ammo, Jahon chempionati yoki shunga o'xshagan voqealarda odatiy kvota ikki baravar oshiriladi. Bu kimga kerak bo'lsa, bemalol borib sotib oladi. Masalan, menda "Liquor permit" yozuvi bor kartochka bor. SHunchaki ko'rish uchun kirish — imkonsiz. Kartochka yo'qmi — kirmaysiz.

Va huddi shu do'konda cho'chqa ham bor. Uni sotib olishingiz mumkin bo'lgan alohida burchak mavjud. Pashtetlar, italyancha salyami...

— Diniy aqidaparastlar hech qachon bu do'konni yopishni talab qilishmaganmi? Yoki hujum qilishgandir?

— Hozircha buni ko'rmaganman. Aksincha, JCH oldidan ikkinchisi ochildi. Spirtli ichimliklar bor bo'lgan barlar bor — faqatgina mehmonxonalarda. Bunday vaziyat faqatgina shu erda emas, balki BAAda ham mavjud — shunchaki u erda turli xil amirliklar bor. SHarjada hatto mehmonxonalardan ham topa olmaysiz. Ajmanda shunday do'konlar borki, ularga kartalar kerak emas — dunyoning ko'plab davlatlarida bo'lgani kabi shunchaki kirasiz va xarid qilasiz. Abu-Dabida faqatgina ruxsatnomalar bilan kirish mumkin bo'lgan do'konlar bor. SHu bilan birga chetdan olib kirish mumkin, buni esa Qatarda qilish mumkinmas. Saudiya Arabistonida ham.

— Andrey Kanchelskis qachondir klub prezidentiga sovg'a sifatida bir shisha qimmatbaho vino olib kelgani, uni payqab qolishgani va qisqa muddatga qamoqqa tashlashganini aytib bergandi. SHishani esa tabiiyki olib ketishgan.

— Ha, Lobanovskiy haqida hikoya bor. Uni Quvaytga taklif qilishganida, u shartnomaga go'yoki konyak haqidagi bandni qo'shmoqchi bo'lgan. Avvaliga bunday shartnomani imzolash ilojsizligini aytishgan. Valeriy Vasilevich esa "Xo'p, unda shartnoma ham bo'lmaydi" degan. Yakunda barchasi imzolangan — nimadir qilib unga konyakni topib berishgan.

Bahrayn aksincha — u erda muammosiz. Hatto Bahrayndan Qatarga ko'prik qurish rejasi bo'lgan ham deyishadi. Agar to'g'ridan-to'g'ri qarasa, u dengiz orqali juda ham yaqin. O'sha sayyohlar Bahraynda yashashi, u erda xohlaganini ishichi, o'yin kuni esa tetik holda ko'prik orqali mashinada yuz kilometr yo'l bosib bahsga kelishi, uni ko'rishi, qaytishi va ichishda davom etishi foydaliroq bo'lardi. Ammo, 2017 yildagi siyosiy voqealar tufayli boshqa qo'shni davlatlar qatori Bahrayn bilan ham munosabatlar yomonlashdi, loyiha to'xtatildi va hali davom ettirilmadi. SHunga qaramay, menda bu borada tasdiqlovchi hujjat yo'q.


Mehmonxonalarda joy etishmagan muxlislar uchun tashkilotchilarning kreativ echimi.


BAA va Saudiya Arabistoni bilan kelishmovchilik


— Amirliklar bilan ham katta muammolar bo'lgandi-a?

— Bu ham o'sha yili bo'lgandi. Iqtisodiyotga zarba juda jiddiy bo'ldi. Amirliklardagi portdan Qatarga barcha dengiz yuklari kelgan, keyin esa quruqlik orqali tashilgan. Keyin do'stlarim mendan biznesni yo'lga qo'yishda yordam berishimni so'rashdi — ular O'zbekistondan BAAga sabzavot va mevalar etkazib bermoqchi bo'lishdi, o'shanda bu narsaga duch keldim. 2017 yilda esa bularning barchasi to'xtab qoldi va Qatar qanchadir vaqt dunyodan uzilib qoldi. To'rt arab davlati — Saudiya Arabistoni, Amirliklar, Bahrayn va Misrdan iborat koaliciya 12 banddan iborat ultimatum qo'ydi, jumladan "Al Jazira" telekanaliga taqiq ham. Qatar bunga rioya qilmadi va ular hozirda Rossiya to'qnash kelayotgan sankciyalar kiritishdi. Hatto oddiy yo'l bilan ham mahsulotlar etkazib berish to'xtab qoldi.

O'sha payt Turkiya va Eron Qatarga juda jiddiy yordam ko'rsatishdi. Etkazib berish o'sha erda samolyotlar orqali boshlandi. Bunga qo'shimcha ravishda, keyingi davrda bu erda yuk porti qurildi va Qatar hozirda bu borada mutlaqo mustaqil davlat. Oziq-ovqat inqirozi umuman bir hafta davom etdi. Barcha aloqalar o'rnatildi.

— O'shandan beri BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar bilan o'zaro aloqalar hal bo'ldimi?

— Hammasi yaxshilandi. Uch yil oldin qiyinchiliklar saqlanib turgandi, pandemiya paytida biroz yaxshilandi, o'tgan yili esa oxir-oqibat yarashishdi. Saudiya Arabistoni bilan hozirgi munosabat oldingidan ham yaxshi. Bahrayn bilan qolganlardan ko'ra yomonroq.

Muxlislar haqidagi savolga qaytsak — xususan, Saudiya Arabistoni bo'yicha. Quradan oldin ularning qaysi stadionda o'ynashini bilmasdik. Mamlakat janubidagi chegaraga eng yaqin stadion "Al Janub" hisoblanadi. Biz esa yarim jiddiy ohangda Saudiya Arabistoniga guruh bosqichidagi barcha o'yinlarni "Janub"ga beramiz dedik. Odamlar chegarani kesib o'tishadi, o'yinni tomosha qilishadi va qaytib ketishadi, ammo Dohaga borishmaydi.

Biz ko'plab saudiyaliklar (ular turnir paytida faqatgina Hayya kartalari orqali kirishlari mumkin) mashinalarda kelishini kutyapmiz. Ammo, chiptalar sotuvi bo'limidagi hamkasblar bizga aytishdi: agar siz saudiyaliklar faqatgina o'z o'yinlariga xarid qilishadi deb o'ylasangiz, — qattiq adashasiz. Ular hammasini olishadi! CHunki bo'limda malum bir o'yinlar uchun xaridorlar qaysi davlatlardan ekanligini ko'rishadi.

Ularning mantig'ini tushunish mumkin. Jahon chempionati ilk bor bunchalik yaqin. Senda shunday imkoniyat bo'lsa, nega endi yo'q? Biz 2012 yilda Polsha va Ukrainada o'tgan Evropa chempionatini eslaymiz, o'shanda butun Rossiya janubi Doneckka borgan va futbol ko'rgandi. Franciya — Angliya o'yinining o'rtasida ular "Rossiya! Rossiya!" deb baqirishgandi. Bu erda ham shunday — qo'shni davlatlarda yashaydigan insonlar kelishadi. Ular yana qachon Braziliyani tirigini ko'rishadi? Yakunda Saudiya Arabistoni "Al Janub"da bitta ham o'yin o'tkazmadi — bunda hech qanday mano yo'q. Ularning ikkita o'yini "Lusail"da o'tkazildi— Argentina va Meksika bilan. Mantiqiy: eng katta stadion va Qatarga yaqin bo'lgan eng katta davlat.

— Bitta jamoa bitta stadionda ikkitadan ortiq o'yin o'tkazmasligi rejalashtirilgandi, yakunda bir yo'la uchta terma jamoa guruh bosqichining so'nggiga qadar o'z dislokaciyasini o'zgartirmaydi. Nega?

— Bu qoidani saqlab qolish qiyin edi. Bundan tashqari, bundan ham muhim boshqa narsalar bor. Masalan, vaqt zonalari bo'yicha boshlanish vaqtlari. Agar Yaponiya o'ynayotgan bo'lsa, o'yinni kechqurun u erda tun bo'lgan paytga qo'ymaslik kerak. Angliya AQSH bilan nega kechqurun o'nda o'ynaydi? Sababi Angliyada bu vaqtda 19.00, AQSH sharqida 14, g'arbida esa ertalab 11 bo'ladi. Barchasi qulay. Bu televizion auditoriyalar bilan bog'liq.

Nega Meksika "Lusail"da ikkita o'yin o'tkazadi? CHunki meksikaliklar korporativ lojalarni xarid qilish bo'yicha deyarli etakchilar. Bu ham hisobga olingan. Bularning barchasi umumiylashtirilib, taqvim tuzilgan. Huddi shu Amerika to'rt yildan so'ng faqatgina vaqt zonalarini hisobga olgan holda, ularni ajratishi mumkin. Ammo, stadionlarni o'zgartirishning iloji yo'q — qanday tushsa, shunday bo'ladi. Los-Anjeles, demak, Los-Anjeles. Bu erda kunlar o'zgarmadi, ammo bir kunda o'zgartirish mumkin bo'lgan to'rtta stadion bor edi (biz ularni aniq kunlar uchun oldindan bilgandik).

— Saudiya Arabistonidan tashqari qaerdan eng ko'p chet ellik muxlislar keldi?

— Hozircha bunday statistika yo'q, ammo 19 noyabrda Qatarga 70 mingdan ortiq chet ellik kelganini bilaman. Tabiiyki, bu davom etmoqda.

— Siz "Ahmad bin Ali" atrofida Eron terma jamoasi yashayotganini aytdingiz. Ammo, ular faqatgina mashg'ulot maydonida shug'ullanishadimi?

— Ha.

— To'g'ri tushunyapmanmi, boshqa chempionatlardan farqli ravishda terma jamoalarda o'yin bo'ladigan stadionda bahs oldi mashg'ulotlari bo'lmaydimi?

— Huddi shunday. Jamoalar o'z bazalarida shug'ullanishadi, hech qaerga ketishmaydi va xotirjam o'yinga tayyorgarlik ko'rishadi. Ularning murabbiylari matbuot anjumani uchun bosh matbuot markaziga kelishadi. Stadionlarning hech birida o'yin oldi mashg'ulotlari bo'lmaydi — hatto final o'tadigan "Lusail"dan oldin ham.

Bunga sabab Jahon chempionatlari tarixida ilk bor o'yinlar stadionlarda bir kundan so'ng bo'layotgani. Maydonga bosim — juda katta. Stadionlar Rossiya-2018ga nisbatan to'rtta kam. Bu erda — sakkizta. Jamoalar boshqa mamlakatlarda bo'lganidek uchishmaydi. Va maydonga juda katta bosim.

— Tavakkal.

— Tavakkal. Ammo, barchasini o'tgan yili Arab kubogini qabul qilganimizda tekshirganmiz. Unda ham deyarli huddi shu rejimda yashadik, hatto bitta stadionda ikki kun ketma-ket o'yinlar bo'ldi. Amalladik!


Muxlislar stadionda.


Amir metroga o'tirdi va futbol ko'rishga keldi


— Siz Arab kubogini Konfederaciyalar kubogining yaxshilangan analogi deb atadingiz. Nega?

— Konfederaciyalar kubogi bunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan bo'lardi. Arab kubogida Qatarda yashovchi katta diasporalardan qatnashuvchi 16 jamoa ishtirok etdi: Misr, Marokash, Jazoir, Tunis. Jazoir diasporasi — arab diasporalari ichida eng kattasi, u mahalliy aholi bilan deyarli teng. Faqatgina hindlar ko'proq. Konfederaciyalar kubogi odatda ommaning qo'llab-quvvatlashiga ega bitta katta terma jamoa va ettita boshqa jamoalardan tuzilgan. Bu erda esa deyarli bir xil qo'llab-quvvatlashga ega 16tadan beshta jamoa bor edi. Yakunda ulardan to'rttasi yarim finalga chiqdi. Atmosfera JCHnikidan kam bo'lgani yo'q, sababi Afrikaning shimolida qanday muxlislik qilish kerakligini bilishadi.

— Qachon ilk va so'nggi stadionlarni Jahon chempionatiga topshirdingiz?

— Birinchisi — "Al Janub" — 2019 yilning mayi. O'shanda metro ishlagan birinchi kun ham edi. Amir unga o'tirdi va futbolga keldi. So'nggisi — "Lusail" — ushbu yilning sentyabri.

— Qatar hukumati tayyorgarlikdan qatiy ravishda xabardor bo'lib turdimi?

— Mamlakat rahbariyati ushbu Jahon chempionati o'tkazilishi uchun barchasini qildi. Amir — katta muxlis. Masalan, biz 2019 yilda Afrika Superkubogini o'tkazgan paytimiz Tunis va Marokash jamoalari o'ynagandi. U eski "Garafa"da o'tgan o'yinga kelgandi — yangilari o'shanda yo'q edi. Bundan tashqari, VIP-tribunaga emas, muxlislardan o'n metrga yaqin joyga o'tirdi.

O'sha 2019 yilda Qatarning "Al Sadd" jamoasi Saudiya Arabistonining "Al Hilol"i bilan Osiyo CHempionlar ligasining yarim finalida to'qnash keldi. Men klublar o'rtasidagi JCHdan oldin FIFA delegaciyasini kutdim va amir qanday qilib mashinada kelgani va futbol ko'rish uchun tashrif buyurganini ko'rdim. Bu u uchun odatiy hol.

— Xavi Qatardagi futbol rivojiga katta hissa qo'shdimi?

— Ommalashtirish uchun — shubhasiz. Avvaliga o'yinchi sifatida, keyin esa murabbiy sifatida. Terma jamoaga ham maslahatlari bilan yordam berdi. Xavi — umumiy tizimning qismi. Terma jamoa bosh murabbiyi bo'lmish ispan Feliks Sanches va u umuman olganda bitta jamoa. Hamfikrlar. Ispancha yo'l bekorga tanlanmagan — bu Qatarni ko'plab Osiyo mamlakatlaridan ajratib turadi. Bu erda ketayotgan yo'nalishlarini bilishadi va shunchaki tayinlash uchun murabbiyni tayinlashmaydi.

Huddi O'zbekistonda o'zlariniki bilan o'xshamagandan so'ng "Keling, chet ellikka" deyishadi. — "Kimga?" — "Ektor Kuper bo'sh!" Kuperni olishadi va uning himoyaviy futbolini jamoa umuman qabul qilmaydi, o'zbeklar bunday o'ynashga ko'nikishmagan va xohlashmaydi. U ham ulardan to'g'ri talab qila olmaydi. U erda esa boshqacha qilish mumkin emas. Kuper ham ishdan bo'shatiladi. Sababi hech qanday tizim yo'q.

Federaciyaning texnik direktori esa ispan Ivan Bravo. Agar Feliks chetlatilsa, huddi shunaqa murabbiy tayinlanadi. Yo'nalish tanlangan. Umuman, Qatarning ustunliklaridan biri — yo'naltirilgan tanlov. Natija bilan muvaffaqiyatli bo'ladimi yoki yo'q.

— Asosiysi, o'zlaridagi Jahon chempionati muvaffaqiyatli o'tishi. Siz uchun tashkiliy jihatdan mukammali qaysi?

— Men bo'lganlarimdan eng yaxshisi — Germaniya-2006. Birdan aytaman, Rossiya-2018da bo'lmaganman, turnirni shu erdan, yani Qatardan ko'rganman. Ikkitasida bo'lganman — nemislarnikida va 2010 yili janubiy afrikaliklarnikida. Germaniya Qatardek qulay emas, ammo transport, yani temir yo'l, avtomobil harakatining ajoyib tarzda tashkil etilgani hisobiga ko'p narsani ko'rish mumkin bo'lgandi. JARda shahardan shaharga kelish qiyin edi — samolyotdan boshqasida buni amalga oshirishning iloji yo'q edi. Yaxshiyamki, Yoxannesburg — Pretoriya klasterida har uch kunda ikkita o'yin bo'lgan. Germaniyada esa butun mamlakat bo'ylab yurgandik va butun bayram atmosferasiga guvoh bo'lgandik.

Kichik narsalar umumiy kayfiyatni buzadi. Ammo, ular har doim va hamma joyda bo'lgan. Muxlislar va jurnalistlarning maksimal tarzda o'yinlar sonini ko'rish imkoniyati oldin bo'lmagan, bundan keyin bo'lmaydi ham. Mamlakatda Jahon chempionatini qabul qilmayotgan joy yo'q! U hamma joyda.

Yaqin vaqtlarda Qatarga o'xshagan qaysidir davlat Jahon chempionatini oladi deb o'ylamayman. Sababi, keyingi turnirda 48ta terma jamoa ishtirok etadi, talablar ko'proq bo'ladi va bunday mamlakat shunchaki buni ko'tara olmaydi. Ammo, bu hozirda qiziqarli va noodatiy bo'lishi kerak.

— Zepp Blatterning Qatar 2022 yilgi JCHga qanday erishgani haqidagi ochiq intervyulari haqida nima deya olasiz?

— Bitta narsani aytaman. Bu haqda kim gapirsa gapirsin, faqatgina Blatter emas.


Igor Rabiner, Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика