Alkantara va Martines umumiy guruhga qaytishdi
23 avg 2017 01:29
Yangiliklar
Alkantara va Martines umumiy guruhga qaytishdi
“Bavariya”ning ispaniyalik legionerlari Tyago Alkantara va Xavi Martines jamoasining umumiy mashg'ulotlariga qo'shilishdi.
Har ikkala futbolchi avgust oyi boshida orttirib olgan jarohatlari bois mashg'ulotlarda qatnasha olmayotgan edilar.
Alkatana va Martines Germaniya chempionatining ikkinchi turida “Verder”ga qarshi bahsda jamoadoshlariga yordam berishga shay. Ammo hozircha individual mashg'ulotlarga o'tkazayotgan Jerom Boateng va Xame Rodriges bu bahsda maydonga chiqa olmaydi, deya xabar bermoqda “Bavariya” klubi rasmiy sayti. SHuningdek, jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruhda mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan Manuel Noyerning ham “Verder”ga qarshi maydonga tushishi hozircha mavhum bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar