So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  2 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

Alkantara "Liverpul"da Klopp yarim himoyasining ideal bo'lagi bo'la oladimi? Yangiliklar

Alkantara "Liverpul"da Klopp yarim himoyasining ideal bo'lagi bo'la oladimi?

Evropaning ikkita eng yaxshi klubi hech kim kutmagan top transferga qo'l urdi.

Aslida ECHLning o'tgan yilgi g'olibi amaldagi chempiondan yarim himoyachi sotib olishi kamdan-kam bo'ladi. Lekin ancha vaqtdan buyon yangi taklif kutayotgan Tiago Alkantara, "Liverpul" rahbariyatidan ushbu o'yinchini sotib olishni so'ragan Yurgen Klopp hamda futbolchiga hech qanday to'sqinlik qilmagan "Bavariya" qarori tufayli top transfer amalga oshirildi. Orada "Barselona" va MYU kurashga qo'shilmoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi. SHu tariqa, Tiago 30 mln evro evaziga "Enfild"ga ko'chib o'tdi.


O'yinchining malumotnomasi
Poziciya: markaziy yarim himoyachi
Yoshi: 29
Sobiq klubi: "Bavariya"
"Bavariya"dagi statistikasi: 235 o'yin, 31ta gol, 37 assist
Transfer narxi: 48 mln evro


Transfer tafsilotlari

Tiagoning Myunxendagi faoliyatini uch bosqichga ajratish mumkin: o'rta, yaxshi va top. Ispaniyalikni jamoaga Pep Gvardiola olib kelgan — ko'pchilik uning o'sha paytdagi mashhur gapini esdan chiqarmagan bo'lsa kerak — "Tiago yoki hech kim!". Alkantara qanchalik zo'r futbolchi bo'lmasin, klubdagilar va muxlislar uni yaxshi ko'rmasin, eng yaxshi murabbiy (Pep Gvardiola nazarda tutilmoqda) qo'l ostida o'tgan vaqt omadsiz davr deb hisoblanadi.

Tiago tinimsiz ravishda davolandi, har bir xatosi uchun qattiq tanqid ostiga olindi, OAV unga doim past baho berdi va bir qator o'ziga xos taxalluslar oldi, masalan, "Pepning jiyani". U uzoq vaqtgacha o'zini ko'rsatolmadi va ko'pchilik u ham Pepning ortidan Angliyaga ketadi deb taxmin qilgandi. Biroq kutilmaganda, murabbiyning klubdan ketishi Alkantara "Bavariya"da muvaffaqiyat qozonishiga turtki bo'lib xizmat qildi. U kamroq jarohat oldi, o'yinda barcha jihatdan yaxshilana boshladi va muntazam ravishda o'yinida o'sish kuzatilib, maydonda etakchilardan biriga aylandi.

Karlo Anchelotti uni "o'nlik" nuqtasiga yaqin joyda, muhim nuqtada ishlatdi, Yupp Xaynkes futbolchini biroz orqaga qaytardi va aql bilan joy tanlashga undadi, Niko Kovach Tiagoni tayanch zonasiga tushirib, to'p uchun kurashish va uni olib qo'yishda faollikni so'radi, Xansi Flik esa futbolchining barcha ijobiy jihatlarini jamlay oldi. Tiagoning "Bavariya"dagi oxirgi ikki mavsumi — neytral muxlis uchun futboldan zavq olish imkonini berdi. Natijada, yarim himoyachi ECHL finalining eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi.

Alkantara qisqa vaqt ichida "janob hech kim"dan qahramonga aylandi va bor kuchi bilan jamoa uchun harakat qildi, derbidagi tartibsizlik vaqtida birinchilardan bo'lib muxlislarni tinchlantira oldi va "Bavariya"ga o'ziga xos jilo bergan futbolchilardan biri bo'ldi. Qachonlardir u CHempionlar Ligasida zafar quchmaguncha Myunxendan ketmasligini takidlagandi. Va nihoyat u sovrinni qo'lga kiritdi.

"Bavariya" Tiagoni olib qolishni juda ham xohlagandi, Xansi Flik ham buni istadi, qolaversa, yarim himoyachi ham may oyida klubga yaxshi moslashgani hamda kelajagini aynan Myunxenda ko'rayotganini takidlagandi. Yangi shartnoma bo'yicha jiddiy muzokaralar bo'lgani yo'q, Tiago to'liq to'rt yillik shartnoma imzolamoqchi edi. Klub avvaliga unga 3+1 sxemasini taklif qildi, lekin ko'p o'tmay ispaniyalikning istagini bajarishga qaror qildi. Ammo Tiago tayyor bitimga qo'l qo'yishni bir oygacha cho'zib yurdi. Keyin esa yana bir yangilik paydo bo'ldi — u o'ylab ko'rmoqchiligini aytibdi. Natijada faoliyatida burilish yasab, yangi klubga o'tish qaroriga kelibdi.

"U maydonda qanday ajoyib bo'lsa, arena tashqarisida ham xuddi shunday. Biz u bilan muzokara o'tkazdik va klub uning barcha istagini amalga oshirishga tayyor edi. Ammo u yangi klubga o'tishni istadi", — deydi "Bavariya" xo'jayini Karl-Xaync Rummenigge.

Alkantara iyul oyidayoq jamoadoshlari, klub xodimlari va hattoki, Bundesliganing bazi hakamlari bilan xayrlashib ulgurgandi. "Bavariya" ishni cho'zishni istamadi va chempionatning birinchi turi boshlangunga qadar bu ishni hal qildi. Bir kun qolganda Tiago muxlislar bilan xayrlashdi.


"Bu faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. Bu ajoyib klubdagi bobni yopdim. Men "Bavariya"da o'sdim va so'nggi etti yil ichida o'yinchi sifatida shakllandim. G'alaba, muvaffaqiyat, quvonarli paytlar, bazida og'ir kunlar ham bo'ldi. Myunxenga orzulari osmonlarcha bo'lgan yigit sifatida kelgandim. Endi esa imkoniyatlarini ochib bera olgan, klub, uning tarixi, falsafasi, tili va madaniyatiga moslasha olgan sportchi sifatida ketayotganimdan xursandman.

Men va oilam bu erda fantastik davrlarni boshdan o'tkazdik: shaharda, shuningdek, bizga sevimli bo'lgan "Alyanc-Arena"da. Sizlar, "Bavariya" oilasi, menga juda yaxshi munosabatda bo'ldingiz va har lahzada muhabbatingizni izhor qildingiz.

Qarorim faqat sport bilan bog'liq. Futbolchi sifatida yanada o'sishim uchun menga yangi klub kerak. "Bavariya" doim qalbimda bo'ladi. Senga katta rahmat, "Bavariya", — Tiago Alkantara.


Tiago nima uchun aynan "Liverpul"ga o'tdi?

Barchasi oxirgi oydagiga qaraganda ancha oddiyroq. Yani, Yurgen Klopp anchadan beri Tiago bilan ishlashni istagandi, Tiago ham APLga o'tishni xohladi, lekin yangi jamoaning murabbiyi kim bo'lishi ham muhim edi. O'zaro hurmat va iliq munosabatlar bu ikki inson Bundesliganing eng kuchli klublari safida raqiblik qilishni boshlagandayoq paydo bo'lgandi.

Xabarlarga qaraganda, o'tgan mavsum CHempionlar Ligasi pley-off bosqichining "Bavariya" va "Liverpul" uchrashuvidan keyin ular o'zaro suhbatlashgan ekan. O'shanda inglizlar titulni qo'lga kiritishgandi. Kloppning keyingi qo'ng'irog'i Tiago Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirish arafasida turganida bo'ldi. Oradan oylar o'tib, Alkantara dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bilan ishlash istagi borligidan tashqari, sobiq klubdoshlari Xabi Alonso va Felippe Koutinodan klub haqida so'raganini tan oldi.

"Mersisaydlar"ning yarim himoya markaziy zonasida tanlov imkoni katta ekaniga qaramay, Klopp Tiagoni jamoaga olib kelishni juda ham istadi. Avvaliga barchasi moliyaviy xarajatlarga qarab qolgandi — bu transferni amalga oshirish uchun Jinni Veynaldum bilan xayrlashish kerakligi aytilgandi, ammo vaziyat o'nglandi. Bunda "Bavariya"ning jentlmenlarcha harakatini takidlash lozim. Buning natijasida transfer "qizillar"ga 20 mlnga tushmoqda va o'sha summa ham qismlarga bo'lib to'lanadi. "Liverpul" ispaniyalik xavbek uchun o'z qoidalarida istisno qildi (27 yoshdan katta o'yinchilarni sotib olmaslik). Bu hamkorlik barcha tomondan ideal ko'rinmoqda.

"Yillar o'tmoqda, sen esa borgan sari ko'proq g'alaba qozonishga harakat qilasan, yanada ko'prog'ini istaysan. Men barcha maqsadlarimga erishishni va ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Klubga iloji boricha tezroq moslashishim kerak. Jamoaga himoyada, hujumda hamda psixologik jihatdan yordam beraman. Maydonda sheriklarim, muxlislar va klubga yuragimni beraman", — deydi Tiago Alkantara.


Transferdan nima kutishyapti?

Tiago yuqoridagi samimiy nutqi orqali ichidagilarni aytib oldi. Bu ortiqcha gap-so'zsiz "Liverpul" uchun top transfer, u Klopp jamoasini yanada kuchliroq qilishiga shubha yo'q. Alkantaraning "mersisaydliklar" safida paydo bo'lishi "Liverpul" yarim himoyasini dunyoda eng kuchlilardan biriga aylantiradi. Boz ustiga klub etakchilaridan biri bilan xayrlashishiga hozircha hech qanday ehtiyoj yo'q. Tiago Bundesligani rekordchi maqomida tark etmoqda — yuzdan ortiq o'yin o'tkazgan ushbu ligadagi barcha futbolchilar orasida ispaniyalik to'p bilan ishlash soni, paslar va 90 daqiqa ichida aniqlik foizlari bo'yicha mutlaq etakchi hisoblanadi.

Bu yigit maydonda deyarli barcha ishni qila oladi: istalgan turdagi to'p oshirishlar, o'yinni bir qanotdan boshqasiga tezda ko'chirish, dribling yordamida to'p bilan oldinga o'tish, jarima maydoniga yorib kirishlar, aniq va samarali "podkatlar", pressingdagi faollik. Tiago aslida Nabi Keyta transferidan kutilganlarni hozirning o'zida va qo'shimchasiga, sifatliroq ko'rinishda berishga qodir. Buni Alkantara bir taymdayoq isbotlab qo'ydi. Xabaringiz bor, futbolchi "CHelsi"ga qarshi bellashuvning ikkinchi bo'limida zaxiradan o'yinga qo'shildi — va 45 daqiqada raqibning istalgan futbolchisidan ko'proq to'p bilan muomalada bo'ldi hamda uzatmani amalga oshirdi. Bu faqatgina boshlanishi.

Ammo sport sohasidagi barcha yutuqlaridan tashqari, Tiago avvalambor yaxshi inson. "Bavariya" boshqaruv kengashi raisi ispaniyalik klubdan ketishidan oldin uni uchratib qolgani, o'yinchi uni ancha vaqt quchoqlab turgani, qo'yib yuborishgani uchun yig'lamsirab tashakkur izhor qilganini tan oldi. Bunday o'yinchi ketgani sabab Myunxen klubi ko'p narsa yo'qotdi, lekin o'yinchi ECHL sovrinini yutish uchun bor kuchi bilan harakat qildi va klubdan chiroyli keta oldi. Tiago uzoq vaqtdan beri uni sotib olish istagida yurgan murabbiy bilan birga ishlash niyatida edi. Ha, bu yangi hikoyaning boshlanishi xolos...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика