So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Maqola. CSKA Alisher Usmonov tufayli Vlashichni sotib olishga muvaffaq bo'ldi Yangiliklar

Maqola. CSKA Alisher Usmonov tufayli Vlashichni sotib olishga muvaffaq bo'ldi

CHorshanba kuni CSKA prezidenti Evgeniy Giner "armiyachilar" Nikola Vlashichni milliarder Alisher Usmonov yordami bilan "Everton"dan sotib olgani aytdi.

(Evgeniy Giner)

Hayolingizga birinchi nima kelganini bilamiz. "Usmonov transfer uchun pul berib turgan". Ammo bunday emas, milliarder muzokaralarda ko'maklashdi.

"Everton" bilan do'stona munosabatdamiz. Alisher Usmonov katta yordam ko'rsatdi.

"Everton" egasini Alisher Usmonov orqali taniyman, uchchalamiz suhbatlashdik. Alisher Burxanovich - juda yaqin insonim, bu erda ham u o'z so'zlari bilan yordam berdi" - degandi Giner.


Usmonov nega Ginerga yordam beryapti? Giner intervyularida CSKAga yordam bergan tasir kuchi katta bo'lgan do'stlari va hamkorlarini eslab turadi. O'z vaqtida u "Rostex" bosh direktori Sergey CHemezov, Yota Devices asoschilaridan biri Sergey Adonev, "Transmashxolding" prezidenti Andrey Bokarev, prezident mamuriyati sobiq rahbari Sergey Ivanov va milliarder Roman Abramovich haqida gapirgan. Ammo Giner ko'proq Alisher Usmonovga rahmat aytadi.

Masalan, 90 yillarda Usmonov Ginerni Abramovich bilan tanishtirgan, yangi asr boshida esa CSKAga pul borasida yordam bergan.

"Roma (Abramovich) bilan 90 yillar oxirida  tanishganman, o'shanda u futbolga uncha qiziqmas edi. Bizni Alisher Usmonov va Sergey Yastrjembskiy (RF prezidenti sobiq yordamchisi) uchrashtirgan. O'shandan beri do'stmiz va Roman Arkadevich bilan tez-tez suhbatlashib turamiz. Haqiqiy do'stlik qiyin damlarda sinalishiga yana bir bor amin bo'ldim. So'nggi yil (2013 yilda bergan intervyudan) jamoa uchun oson bo'lmadi va Alisher Burxanovich o'ylab o'tirmay yordam berdi" - degandi Giner.

O'sha 2013 yilda CSKA prezidenti Usmonov jamoaning bolalar va o'smirlar maktabiga yordam qilganini aytgan.

2015 yilda Giner Usmononvni himoya qilgan. O'shanda Rosiya Futbol Ittifoqi Fabio Kapelloning maoshini to'lay olmay yurgandi. Alisher Usmonov esa 5 mln. evrolik qarzni murabbiy hisob raqamiga o'tkazib bergan.

"Alisher Burxanovichni hurmat qilaman. U qarzni Tolstix (RFI rahbari edi), RFI emas, balki Rossiya uchun to'lab berdi. Odamlar Kapello maoshini Tolstix boshchiligidagi RFI tulay olmayapti demaydi. Ular Rossiya aybdor deyishadi".


Ammo Usmonov "Everton"ga qanday tasir o'tkazgan?

"Everton" egasi Farhod Moshiri - Alisher Usmonovning qadrdon do'sti va biznes hamkori.

Moshiri Usmonov bilan 1989 yil MDH mamlakatlarida metall va neft mahsulotlari sotadigan Middlesex Holdings kompaniyasininn ernolik egasi orqali tanishgan. Moshiri tezda millarder ishonchiga kirdi va uning shaxsiy maslahatchisiga aylandi.

Moshirining Usmonov kabi "Metalloinvest" va "Megafon"da ulushi bor, hamda USM Holdings kompaniyasida direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.


Usmonov Bloomberg ga telefon orqali bergan intervyusida Moshirini o'zining moliyaviy ustozi deb atagan. Farhod eng qiyin investicion operaciyalarni tahlil qiladi. "Men uning to'g'riso'zligi va moliya hamda investiciya sohasidagi enciklopedik bilimini qadrlayman. Ammo bazi muvaffaqiyatli investiciyalarimni uning fikriga qarshi amalga oshirganman" - deydi rossiyalik oligarx.


2007 yilda Moshiri va Usmonov Angliya futbol bozoriga kirishdi: Red & White kompaniyasi "Arsenal"ning 15% akciyasini sotib oldi (keyinroq bu akciyalar 30%ga etdi). 2015 yilda Farhod o'z ulushini Usmonovga sotadi. Eronlik biznesmen o'sha pullarga "Everton"ning 49,9% akciyalarini sotib oladi.


Bazi norasmiy malumotlarga ko'ra, Usmonov Moshiriga "Arsenal"dagi ulushining bir qismini sovg'a qilgan ekan. Agar hammasi haqiqat bo'lsa, eronlik biznesmen "Everton"ni Usmonov pullariga sotib olgan bo'ladi. Farhod Moshiri esa bu malumotni rad etdi.


2018 yilning avgustida Usmonov "Arsenal"dagi barcha akciyalarini amerikalik milliarder Sten Kronkega sotib, uni klub egasiga aylantiradi. Sentyabrda esa Moshiri "Everton"dagi ulushini 68,9%ga etkazadi. 2019 yilning iyulida bu ko'rsatkich 77,2%ga etadi.


Vlashichning transferiga to'xtalamiz.

Nikola CSKAning 2018/19 mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Xorvatiyalik kuzda barcha turnirlarda 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi. Vlashich mavsumning ikkinchi qismida avvalgidek yorqin o'ynamadi, ammo Viktor Goncharenko tizimida hujum yaratilishida muhim rolni egalladi. CSKA uni saqlab qolishi shart edi.


"Nikoladek futbolchilar farqni ko'rsatib beradi, muxlislar shunday futbolchilarni ko'rish uchun stadionlarga tashrif buyurishadi" - deydi CSKA bosh murabbiyi.

21 yoshli Vlashichga bir nechta klub qiziqish bildirayotgan paytda, "Everton" transferdan 16 mln. evro ishlab olishni maqsad qilgandi. Giner aynan shu erda aloqalarni ishga soldi.


CSKAda pul yo'q deb bo'lmaydi. 2018/19 mavsum muvaffaqiyatli bo'ldi: Yozda Golovin 30 mln. evroga pullandi, CHempionlar ligasida esa 35 mln. evrodan ko'proq daromad keldi. Agar qizil-ko'klar mavsum oldidan Vlashich uchun 16 mln. evro to'laganida, boshqa muammoli poziciyalarni kuchaytira olishmagan bo'lardi. Masalan, jamoaga hujumchi kerak. Buning ustiga "armiyachilar" yangi mavsum CHempinlar ligasida ishtirok etishmaydi va daromad sezilarli darajada tushib ketadi.


Usmonov CSKAga Vlashich pulini bir necha yil davomida bo'lib to'lash imkonini olishga yordam berdi. Bosh direktor Roman Babaev CSKA qarzni qanchada to'lashi haqida gapirmadi:

"Transfer haqida gapira olmayman, aks xolda kelishuvni buzgan bo'laman. Bir narsani aytishim mumkin, pulni bo'lib to'laymiz".


Giner Alisher Usmonov tufayli CSKAning navbatdagi transferlariga pul tejab qoldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика