Alisher Usmonov Vengerning ketishiga munosabat bildirdi
21 apr 2018 09:20
Yangiliklar


Alisher Usmonov Vengerning ketishiga munosabat bildirdi
“Arsenal” klubining akcioneri asli o'zbekistonlik Rossiyada istiqomat qiluvchi Alisher Usmonov Arsen Vengerning jamoani tark etishi haqidagi qarori borasida fikr bildirdi.
“Bugun “Arsenal” futbol klubi tarixidagi juda qayg'uli kun: klub afsonaviy va sodiq murabbiyidan ajralishi elon qilingan kun. Uzoq yillar mobaynida Vengerga qoyil qolib keldim va buning sir emasligi barchaga malum. U klubda inqilobni yuzaga keltira oldi. Arsen Vengerning murabbiylik faoliyati Evropa futbolidagi eng yaxshilaridan biri, va u shubhasiz uzoq yillar yashaydi. Uning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.Va albatta, Vengerning o'rinbosariga uning ananalarini davom ettirishi va futbol maydonida zafarlarga erishishini tilayman”, —dedi Usmonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar