So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Alisher SHog'ulomov: "Ibrohim Tomivaning "Bunyodkor"da qolishi 90 foiz aniq. U aslida o'tgan yili bu jamoaga o'tishi kerak edi" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Ibrohim Tomivaning "Bunyodkor"da qolishi 90 foiz aniq. U aslida o'tgan yili bu jamoaga o'tishi kerak edi"

Pro liga ishtirokchisi "Oq-tepa" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Alisher SHog'ulomov rahbarligidagi jamoa azolari yig'in doirasidan o'rin olgan galdagi o'rtoqlik uchrashuvida "Navbahor"ni o'z maydonida qabul qildi. Qiziqarli o'tgan uchrashuvda maydon egalari yirik 5:2 hisobida g'alabani tantana qildi. O'yindan so'ng jamoa rahbari Alisher SHog'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Jamoamizda 80 foiz narsani o'zgartirdik. Futbolchilarimizni ayrimlarini ijaraga bergan bo'lsak, yana bazilarini shartnomasi yakunlandi. SHu bois tarkibni yoshartirdik, yangiladik. Oldimizga oliy maqsadlarni qo'yganmiz. 

Ko'rganingizdek yangi afrikalik legioner hujumchi Sandey Song bilan uch yillik shartnoma imzoladik. Turkiya klubidan jamoamizga keldi. O'zini ko'rsatishiga ishonaman. SHerzod Qodirov hozirda jamoamizda shug'ullanmoqda, agarda kelishuvga erishsak faoliyatini shu erda davom ettiradi. Agarda Superliga jamoalaridan takliflar tushsa ko'rib chiqamiz. 

Ibrohim Tomivani "Oq-tepa"da o'ynashini o'zimiz ham istagandik. U aslida o'tgan mavsumda "Bunyodkor" jamoasiga o'tishi kerak edi. Lekin, malum sabablarga ko'ra bu amalga oshmagandi. Vadim Karlenovichga vada bergandim. Tomivani "Bunyodkor"da qolishi to'qson foizga aniq bo'lib ulgurgan. Agarda u shaxsiy tomonlarini kelisha olsa mavsumni yangi jamoada boshlaydi. 

Serxio Marinangelini "Mashal"ga o'tishiga munosabatim oddiy. Ushbu murabbiyga yangi chaqiruv tushdi. Biz har bir murabbiy va futbolchining o'sishi uchun hissa qo'shishni istaymiz",- deydi SHog'ulomov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика