So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  17 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Alisher SHog'ulomov: "Bizda "To'qimachi" stadioni bilan bog'liq muammo bor" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Bizda "To'qimachi" stadioni bilan bog'liq muammo bor"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Alisher SHog'ulomov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

Bugun mavsumdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritdik. Bizga bitta g'alaba zarur edi. Ko'rdinglar, o'tgan turlarda ham yomon o'yin ko'rsatmagan edik. Jamoamiz sekin optimal formaga kirib bormoqda. Bugun kuzatgan bo'lsangizlar, uchrashuvning birinchi bo'limida jamoamiz qisqa uzatmalar orqali biz talab qilgan o'yinni ko'rsatib berishdi. O'yinga tayyorlagan g'oyalarimiz ish berib birinchi bo'limning o'zida raqib darvozasiga javobsiz ikkita to'p yo'llagandik. Maydon chimi borasida ozgina etiroz bor, agar shu omil tasir ko'rsatmaganida balki yanada yaxshiroq o'ynardik.

- O'yin davomida ko'p asabiylashdingiz. Bu nima bilan bog'liq?


- Asabiy xolat bu futbolchilarning oddiy vaziyatlarda ham xato qilishidan kelib chiqdi. Jamoadoshiga uzatmalarida kamchiliklar yuzaga kelishi meni asabiylashtirdi.

- "Oq-tepa" klubi o'zining titul xomiysiga ega bo'lishi borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


- Titul xomiy masalasi bo'yicha bizda harakat boshlangan. Hozir qidirayapmiz, yaxshi takliflar bo'lsa albatta ko'rib chiqamiz. Lekin hozircha bizda xomiy yo'q, hamma harajatlar klubning o'z zimmasida. Biz uy o'yinlarimizni "To'qimachi" stadionida o'tkazib kelayotgandik. Hozir stadion bo'yicha ozgina muammolar yuzaga keldi. Balki endi u stadionda o'ynamasligimiz ham mumkin.

- Avaz Agaliev ikkinchi bo'limning oxirlarida jarohat bilan o'ynagandek ko'rindi...


- Avaz Agalievda qishki yig'inimizning oxirida tarkibimizga qo'shilgandi. U sekin-sekin jamoamizga moslashib bormoqda. U 6-7 oy futbol o'ynamadi, vaqt mobaynida optimal formasiga chiqib oladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика