So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Alisher SHog'ulomov: “Bir tekisda o'ynay olmayotganimizga qaysidir manoda taqvim sababchi. Lekin...” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “Bir tekisda o'ynay olmayotganimizga qaysidir manoda taqvim sababchi. Lekin...”

Pro liga 18-turidan o'rin olgan “Xorazm” – “Oq-tepa”(0:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa rahbari Alisher SHog'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.

“Qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Ustunlik yaqqol jamoamiz tomonida edi. Futbolchilar oldiga qo'yilgan vazifani bajarishdi. To'g'ri futbol o'ynashga harakat qildik. Bu o'yinda akademiyamizdan chiqqan yana bir yosh futbolchi asosiy tarkibda debyutini o'tkazdi. Debyutini nishonlagan har bir futbolchi biz uchun faxr, o'ziga hos bayram hisoblanadi. Yaxshi taassurot qoldirdi, golli pas berdi. Ikki barobar xursandmiz.

Bir tekisda o'ynay olmayotganimizga qaysidir manoda taqvim sababchi. Lekin barcha jamoalar bir xil taqvimda harakat qildi. Hozir gapirsam bahona qilgandek bo'lib qolaman. Mavsum o'rtasida moliyaviy sabablarga ko'ra ettita futbolchimizni Superliga klublariga ijaraga berganmiz. Bu yilgi asosiy maqsadimiz yosh futbolchilarga imkon bergan holda keyingi mavsumga jamoani shakllantirish edi.

Joriy yilgi Pro liga bahslari qiziqarli o'tmoqda. Ayniqsa yuqori to'rtlik jamoalari bilan o'yinlar shiddatli kechdi. Quyi to'rtlikda ham kurash qizg'in kechmoqda. “Xorazm” ham yaxshi jamoa, bizga begona bo'lmagan murabbiy ishlamoqda. Aleksandr Ejovni keyigi mavsum jamoamizga qaytarishimiz kerak”,- deydi Alisher SHog'ulomov.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика