So’nggi yangiliklar

15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  0 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  15 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  23 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3

Alisher Nikimbaevdan JCH-2022 uchun qurilayotgan stadiondan reportaj Yangiliklar

Alisher Nikimbaevdan JCH-2022 uchun qurilayotgan stadiondan reportaj

Ayni paytda Qatarda faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida quyidagi malumotni yozib qoldirdi.

Bugungi kunga qadar men Jahon chempionati vaqtida 13ta stadionda bo'lganman (Germaniyada 9ta, JARda 4ta). Bundan tashqari Jahon chempionati yakunlangach o'yinlar o'tgan bir qator stadionlarga borganman (Sapporo Dom, Seul, Suvon, Otkritie-arena, Zenit-arena). JCHni qabul qilib bo'lgach va kattagina qayta qurilishni boshdan kechirgan "Uembli", "Old Trafford" va "Santyago Bernabeu"da bo'lganman. "Lujniki"ga rekonstrukciyaga qadar borganman. Bugun esa Jahon chemionati uchun mahsus qurilayotgan stadionda bo'ldim.

JCH-2022 bahslarini qabul qiladigan 8ta stadiondan faqat bittasi qurib bo'lingan - "Xalifa". U qayta tamirlangan. Qolgan 7ta o'yingoh qurilishning turli darajasida. Birinchi bo'lib "Al-Vakra" stadioni tayyor bo'ladi. Mazkur stadionda shu yilning o'zida ochilish bahsi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu stadion qurilish jarayoni bilan tanishdik.

Bu stadion 40 000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'ladi. Ammo Jahon chempionatidan keyin tribunaning ikkinchi yarusi olib tashlanadi va sig'im ikki baravar kichrayadi. Olib tashlangan tribuna mahalliy federaciyaga beriladi.

"Al-Vakra" Qatar ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi klub. JCHdan so'ng nafaqat 20 000 tomoshabinlik stadionga, balki o'yingoh hududida joylashgan ko'ngilochar maskanga ega bo'ladi.

Aytgancha, qurilish vaqtida xafvsizlik juda kuchli. Bizga faqat kaskalar va mahsus jiletlar emas, balki mahsus oyoq kiyim ham berishdi, - deb yozadi Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика