Alisher Nikimbaev: "Yangi ish joyim aniq, shartnoma imzolandi"

6 dek 2017, 15:40
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev bugun "Championat.asia" mehmoni bo'ldi.

OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimini YouTubedagi sahifamizda jonli efirda sharhlab borgan mutaxassis bir qator mavzularda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Shu o'rinda Alisher Nikimbaev yangi ish joyi ma'lum bo'lganini ham ta'kidlab o'tdi.

"Kelgusi ish faoliyatimni qayerda davom ettirishim ma'lum. Yaqindagina bu borada shartnoma imzolandi. Yangi ish joyim O'zbekistonda emas, arab mamlakatlarining birida", - dedi Alisher Nikimbaev.

OCHL guruh bosqichi qur'asi borasida ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Lokomotiv" uchun juda yaxshi "kvartet". "Temiryo'lchilar" nisbatan oson guruhdan joy olishdi. Agarda "Nasaf" ham guruhga chiqadigan bo'lsa, unda ularning guruhlari ham yaxshi, teng kuchli jamoalardan iborat.
"Paxtakor" tushishi ehtimoli mavjud guruh esa "Lokomotiv" va "Nasaf"nikidan ancha qiyin", - dedi Nikimbaev.

OCHL-2018. Qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia