So’nggi yangiliklar

17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  0 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  1 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  2 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  6 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  2 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 1:3 (онлайн ҳисоб)  14 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  54 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  6

Alisher Nikimbaev: "O'FF XXI boshida oliy liga o'yinlarini translyaciyasi orqali yiliga 100 ming dollar ishlab topardi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "O'FF XXI boshida oliy liga o'yinlarini translyaciyasi orqali yiliga 100 ming dollar ishlab topardi"

O'zbekistonlik tajribali futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev bir necha yil oldin sodir bo'lgan voqeani yodga oldi.

"Bugungi kunning qahramonlaridan biri Alisher Xodjaev bilan hayotimda ilk bor suhbatlashish imkoniga ega bo'lgandim. Bu voqea o'n to'rt yil oldin yuz bergandi.

2000 yilda futbol federaciyasiga yangi rahbariyat kelganida, asosiy vazifalardan biri futbolda mahsulotlarning reklamasidan pul topish edi. Natijada Farhod Azamxo'jaev rahbarligida yosh va shijoatli mutaxassislarni jalb qilgan holda marketing bo'limini tashkil qildik. Birinchi maqsadimiz esa O'zbekiston chempionatining translyaciya huquqini sotish edi. Biroq, bu istagimizga O'zTV rahbarlaridan biri qarshilik ko'rsatdi. U bizga shunday dedi:

- Translyaciya huquqini bepul berishni xohlamasangiz kerak emas. Biz shunchaki translyaciya qilmaymiz. Agar, bizdan vazirlar mahkamasi so'rab qolsa hamma aybni sizlarga yuklayman.

Biz o'z navbatida ularga boshqa variantni taklif qildik. O'zTV bizga reklama uchun vaqt beradi, O'FFning marketing bo'limi uni bizga sotadi. Buning evaziga ular translyaciya huquqini oladi. Ushbu sxema 2005 yilga qadar ishladi. O'sha paytda O'FF yiliga 125 million so'm, o'sha paytdagi kursda 100 ming dollarga teng summa, olardi.

Ammo, 2006 yilda hammasi o'zgardi. MTRK rahbarlari ham almashib ketgandi, endi telekompaniya barcha reklamalarni o'zi sotadigan bo'ldi. O'FF buning evaziga 60 million so'mlik shartnoma imzolashni taklif qildi. Yani bizga reklama sotish orqali federaciya tomonidan qo'lga kiritilgan pulning yarimini to'laydigan bo'ldi. Mirabror Usmonov o'zi uchun yangi munosabatlar tamoyilini muhimroq deb hisoblagan holda bu mablag'ga rozi bo'ldi.

Men bu paytga kelib federaciyada musobaqalarni o'tkazish bo'limida ishlamayotgan bo'lsam ham (PFL tashkil etish haqida hech qanday gap so'z ham yo'q edi), shartnoma tayyorlash va muzokaralarda ishtirok etish va shartnoma imzolanishida ishtirok etishimga to'g'ri kelgandi. O'shanda janob Xodjaev bilan uchrashgan edik.

Biroq o'rtamizda tuzilgan yangi shartnomaning umri qisqa edi. O'FF bundan tiyin ham olmadi. Ular MTRK byudjet tashkiloti ekanligi, translyaciya huquqi uchun xarajatlar bo'limi yo'qligini takidlashdi. Byudjetga faqat Oliy Majlis orqali o'zgartirish kiritish mumkin edi. Mirabror Zufarovich buni istamadi va boshqa moliyaviy manbalarni qidirishga erishdi.

Tushunishim bo'yicha o'shandan buyon O'zbekiston chempionatini translyaciya qilish huquqi O'FF yoki PFL ga hech qanday daromad olib kelmadi. Aksincha, klublar va PFLning aytishicha translyaciya uchun Sport telekanaliga pul to'lamoqda.

MTRK sobiq xodimlaridan birining so'zlariga ko'ra, homiylar va hamkorlarning hech biri O'zbekiston chempionatini translyaciya qilishdan manfaatdor emas. Etirozga va o'n besh yil oldingi voqeaga o'sha odam shunday dedi: “O'shanda O'FF reklamalarni pasaytirilgan narxlarda sotgan va bu MTRKga zarar keltirgan edi”. Bilaman, demping biznesdagi keraksiz narsa hisoblanadi. Biroq MTRK buning evaziga translyaciya huquqini qo'lga kiritar ediku. Reklamaning past narxiga keladigan bo'lsak, bu ham biznesning qoidalaridan biri edi. Agar siz mahsulotni X narxga sota olmasangiz nima uchun chegirma qilmaslik kerak?

Fakt faktligicha qoladi. 2006 yilda O'FF va MTRK o'rtasidagi do'stlik aloqalarini o'rnatish imkoniyati boy berilgandi. Ammo imkoniyat oxirgacha qo'ldan boy berilgani yo'q. U yuzada yotibdi va o'z vaqtini kutmoqda xolos", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика