So’nggi yangiliklar

11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  3 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  11 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0

Alisher Latipov: "Mavsum oldidan kuchli beshlik vazifasi qo'yilgandi" Yangiliklar

Alisher Latipov: "Mavsum oldidan kuchli beshlik vazifasi qo'yilgandi"

Pro-liganing 16-turi doirasida "SHo'rtan" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Yunired" bosh murabbiyi Alisher Latipov o'z fikrlarini bildirdi.

- Barcha guvohi bo'lganidek, o'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirishga harakat qildik. Lekin buning ilojisi bo'lmadi. "SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yinni esdan chiqaramiz, barchasini yaxshi taxlil qilib, "Mashal" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

- Birinchi golga fikringiz. To'pga birinchi bo'lib kim ulgurishi kerak edi: darvozabon yoki himoyachi?

- Bu erda faqatgina darvozabonda emas, himoyachilarda ham xato bor edi. Xato ketma-ket ketdi va shu sababli gol urildi.

- Tezkor goldan keyin jamoadagilar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadimi?

- Yo'q, imkoniyatlar bo'ldi. Bugun omad ham biz tomonda bo'lmadi. 

- Bugun urilgan gollarning barchasi chap qanotdan o'tkazib yuborildi. Nimalarnidir o'zgartirishni o'ylamadingizmi?

- O'ylab ko'rdik, lekin hozirgi holatimizda buning imkoniyati bo'lmadi. CHunki bir qancha futbolchilarimiz jarohatda. 

- Belgilangan penaltida darvozabonga qanday etirozingiz bor?

- Etiroz yo'q. Darvozabon ham harakat qildi. Barcha gollarni o'ng tomondan o'tkazib yubordik.

- Mavsum boshidagi maqsad va vazifa qanday edi va jamoa buni bajaryaptimi?

- Maqsad bor edi - kuchli beshlikka kirish vazifasi qo'yilgandi. Harakat qilamiz, buyog'i futbol. Qo'limizdan kelganini qilamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика