So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Alirizo Mansurian: "Guruhdan "Istiqlol" va "Lokomotiv" chiqishini xohlayman" Yangiliklar

Alirizo Mansurian: "Guruhdan "Istiqlol" va "Lokomotiv" chiqishini xohlayman"

"Istiqlol" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Alirizo Mansurian hamda jamoa sardori Mahdi Rahmati jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

Alirizo Mansurian: "Biz "Lokomotiv"ni yaxshi bilamiz, ularning o'yin uslubi bizga malum. "Lokomotiv"ning "Al Taavon"ga qarshi uchrashuvini ko'rdik, shuningdek, "Al Ahli" bilan kechgan bahsini ham o'rganib chiqdik. Jamoa yaxshi shakllangan, muhimi, raqib o'yinida tartib-intizom bor".

Alirizo Mansurian: "To'g'ri, klubimizda moliyaviy muammolar bor, lekin hozir bu haqda o'ylash kerak emas. Etiborni ertangi o'yinga qaratishimiz lozim. Men faqat futbol haqidagi savollarga javob qaytaraman, pul bilan bog'liq masalalarga emas. Agar ertaga g'alaba qozonsak, Navro'z bayrami oldidan muxlislarimizga ajoyib sovg'a tuhfa etgan bo'lamiz".

Alirizo Mansurian: "Biz ham "Lokomotiv" singari bir o'yinda g'alaba qozonib, bir bor mag'lub bo'ldik. Endi bo'lsa o'zaro kuch sinashib ko'ramiz va bu o'yin juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Maqsadimiz - guruhda birinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga chiqish. Ammo bu oson bo'lmaydi, chunki kuchli raqiblarga qarshi bahs olib boramiz".

Alirizo Mansurian: "Albatta, ertangi o'yin final emas, lekin etiborga molik bo'lishi turgan gap. Guruhdan kimlarning chiqishi menimcha, to'rtinchi turdan so'ng oydinlashadi. Ungacha esa bir narsa deyish qiyin. Menga qolsa, guruhdan "Istiqlol" va "Lokomotiv" chiqishini xohlayman".

"Istiqlol" klubi sardori, darvozabon Mahdi Rahmatining fikrlari esa quyidagicha bo'ldi:

"Jamoamiz bu mavsum birmuncha o'zgardi, tarkibda yoshlar ko'p, ichki chempionatda uchinchi o'rinda ketyapmiz. Lekin hali hammasi o'z joyiga tushadi. Ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz".


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика