So’nggi yangiliklar

10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  0 10:05Сон Хин Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  4 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  1 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  7 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  4 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  12 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  5 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  9 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2

Alibobo Rahmatullaev: Navbahorga yaxshi maqsadlar bilan keldim Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: Navbahorga yaxshi maqsadlar bilan keldim

Davralar oralig'ida asosan Toshkentda shug'ullanib, tarkibni kuchaytirishga katta ahamiyat bergan Navbahor jamoasi ham o'z safini bir necha yangi o'yinchilar bilan kuchaytira oldi.

Xususan klub davralar oralig'i vaqtida Alibobo Rahmattullaevni tarkibiga qo'shib oldi. Futbolchi Buxoroda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sababli, jamoani tark etgandi. Qolaversa, Rahmatullaevni xorijga ketishi taxmin qilinayotgandi. Amalda esa u Navbahor safiga kelib qo'shildi hamda faoliyatini shu jamoada davom ettiradigan bo'ldi. Xo'sh, Alibobo yangi jamoasiga o'tganidan xursandmi? Umuman olganda, bu jamoa to'g'risida nimalarni ayta oladi? SHunday savollarga javob topish istagida Alibobo bilan suhbatlashdik.

- Alibobo, Navbahor safiga kelib qo'shilishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Bu jamoada qay tariqa paydo bo'lishim xususida gapirsam, birinchi navbatda Baxtiyor aka Ashurmatovning hissasi katta bo'ldi. Aynan Ashurmatovning taklifi bilan jamoaga qo'shildim. Bu jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etib, keyinchalik shartnoma tuzdim.


- Endilikda bu jamoa sharafini qachongacha himoya qiladigan bo'ldingiz?
- Hozircha mavsum poyoniga qadar "lochinlar" bilan birgaman. Agar ikkinchi davrada o'zimning chiroyli o'yinlarim bilan jamoa rahbarlari, murabbiylari va muxlislarini quvontirsam, kelishuv shartlari yana uzaytirilishi mumkin.

- Umuman olganda, jamoada Sizni qanday kutib olishdi? Mashg'ulotlarda o'zingizni qanday his qildingiz? Taassurotlaringiz qanday?
- Aytish mumkinki, bu jamoada meni juda yaxshi kayfiyatda kutib olishdi. Aslida jamoadagi ayrim futbolchilarni avvaldan taniyman, bazilari bilan o'ynaganman. Masalan, Bobur Akbarov, Ilhom Boydadaevlar bilan tanishman. Ular va boshqalar ham mashg'ulotlarga birinchi kundan kelganimdan buyon menga iliq munosabat bildirishdi. Jamoaga kirishib keta olishimda va moslashish jarayonida qiyinchiliklar bo'lgani yo'q. Asosiysi, murabbiyning menga bo'lgan munosabati alo darajada deb hisoblayman.

- Ashurmatov bilan gaplashib oldingizmi?
- Ha, gaplashib oldik. Murabbiy klubga kelganimni, bu erda keskin raqobat bo'lishini takidlab o'tdi. SHuningdek, ikkinchi davrada jamoaning muvaffaqiyatga erishishi uchun nimalarga ko'proq ahamiyat berish lozimligini tushuntirdi. Muxlislar talabchan va ularni quvontirish uchun ko'proq g'alabalar qozonishimiz lozimligini uqtirib, menga bir qator tushunchalarni berdi.

- Namangan jamoasi Sizga yoqdimi?
- Yoqdi deb bemalol ayta olaman. Barchasi menga manzur bo'lmoqda.



- Maqsad va vazifalaringizni belgilab oldingizmi?
- Ha, belgilab olganman. Ko'proq o'ynab, jamoaning g'alabalarimga o'zimning hissamni qo'shishni rejalashtirganman. Jamoa birinchi davrani omadsiz tarzda o'tkazgan bo'lsa, mavsumning ikkinchi pallasida barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman.

- Navbahor jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda olib bordi. Aytingchi, klub ikkinchi davraga tayyormi?
- Albatta, tayyor holatga kelib bo'ldik. Jamoamiz bilan birgalikda mavsumning ikkinchi qismiga puhta tayyorgarlik olib bordik. Nazorat uchrashuvlarida esa o'yin uslubimizni va turli taktikalarni o'zlashtirishga asosiy etibor qaratdik. Xullas, barchasi menga manzur bo'ldi. Ikkinchi davraga jamoa tayyor va muxlislarni quvontirish uchun shay holatda.

- Alibobo, Buxorodan ketganingizdan so'ng takliflar bo'ldimi? Yoki Navbahor so'nggi imkoniyatingiz edimi?
- Takliflar tushdi. Buni yashirmayman. Faqatgina, o'zim ko'proq Navbahorda to'p surishni xohladim. CHunki jamoa yaxshi shakllangan va jamoaviy o'yin joyida. Qolaversa, bosh murabbiyning ajoyib mutaxassisligi sabab ham, shu jamoaga o'tishni istadim. O'ylaymanki, qabul qilgan qarorim yomon emas. Asosiysi, bu jamoaga bejiz kelmaganimni ko'rsatib bera olishim lozim.

- Aslini olganda, birinchi davradan so'ng nima uchun Buxoroni tark etdingiz? Buni sababi nimada?
- To'g'risini aytsam, jamoada men uchun hammasi yaxshi edi. Aleksandr Mochinov bilan birga ilgari ishlaganim sababli, bu mutaxassis Buxoroga chaqirgandi. Uning boshchiligida chempionatning dastlabki oltita turida doimiy ravishda o'ynab keldim. Biroq natijalarimizda pasayishlar bo'lgani va g'alaba qozona olmayotganimiz tufayli, rahbariyat Mochinovni istefoga chiqardi. SHundan so'ng oyog'imni sindirib oldim. Ikki oyni davolanish bilan o'tkazdim. Keyinchalik sport formaga kirib olish paytida klubga yangi tayinlangan murabbiy Jamshid Saidov ham menga ishonch bildirgandi. Lekin o'zim ketishni xohladim.


- Jamoaning bunday tarzda omadsizliklarga duch kelishini kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, jamoadagi omadsizliklarning asl sababini bilolmadim. Umuman olganda, jamoada yaxshi futbolchilar bor edi. Ammo, natija ko'rsatishimiz uchun bu ham kamlik qildi.

- Oyog'ingiz singanidan so'ng davolanib chiqdingiz. Hozirgi kunda jarohat asoratlari bezovta qilmayaptimi?
- Hozircha bezovta qilgani yo'q. Xudoga shukurki, barchasi ortda qoldi. Buxoro jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular jarohatimni tuzatishim yordamlarini ayashmadi. Hozirda sport formamga kirib olganman va ikkinchi davrada o'zimni ko'rsatishim uchun kuchim etarli deb hisoblayman.


- So'nggi paytlarda jamoangizni tez-tez almashtiradigan bo'lib qoldingiz. Bu yoshingizda jamoalarni almashtirayotganingiz Sizni tashvishga solmayaptimi?
- Yaxshi emasligini tushunaman. Futbolchi qaysi jamoada to'p surishidan qatiy nazar, ko'proq futbol o'ynashni, tajribasini oshirishni o'ylaydi. Xususan menda ham shu fikrlar doimo bo'lib kelgan. Hali vaqtim bor va o'ynaydigan yoshdaman. Muqim bir jamoaga ega bo'lib, o'zimning chiroyli o'yinlarimni ko'rsatishni xohlayman. Ishonamanki, shunday vaziyat yuzaga keladi.

- Namanganlik muxlislar talabchanligini bilasiz. Ularni xursand qilish ancha qiyin. Buning uchun chiroyli o'yin ko'rsatishingiz va jamoangiz g'alaba qozonishi kerak. Bunga tayyormisiz?
- Bo'lmasamchi! CHindan ham namanganlik muxlislarning o'z suyukli jamoasini yaxshi ko'rishini bilaman. Ular futbolni rosa sevishadi va qadrlashadi. SHunday jamoaga o'tganimdan xursandman. Bu jamoada bor kuchimni sarflab bo'lsa-da, chiroyli g'alabalarga erishish uchun kelganman. Jamoamiz birinchi davradan keyin musobaqa jadvalida o'rtada joylashgan. Hali vaziyatni o'nglash uchun vaqtimiz bor. Biz buning uddasidan chiqamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика