Alibobo Rahmatullaev: Mashg'ulotlarimiz kun sayin kuchayib bormoqda
21 jan 2014 16:46
Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: Mashg'ulotlarimiz kun sayin kuchayib bormoqda
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ayni paytda Dubay shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.
Amirliklarda o'tayotgan mashg'ulotlarda Mirjalol Qosimov qo'l ostida 25 nafar futbolchi shug'ullanyapti. Yig'in taassurotlarini bilish maqsadida yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaevni qisqacha suhbatga tortdik.
- Alibobo, Dubaydagi yig'in qanday o'tmoqda?
- 18 yanvar kuni tushlik paytida Dubayga etib keldik va o'sha kunning o'zidayoq ilk mashg'ulotimizni o'tkazdik. Hozirgi kunda har bir mashg'ulot biz uchun juda muhim hisoblanadi. Jamoamizga yangi futbolchilar taklif qilingan. SHuningdek, yoshlar tarkibidan ham bir necha iqtidorlar asosiy jamoaga jalb etilgan. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Jismoniy holatimizni yanada yaxshilash uchun ham alohida yuklamalar olyapmiz. Mashg'ulotlardagi hozirgi qiyinchiliklar albatta mavsum davomida bizga o'z foydasini beradi.
- Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilar haqida nima deysiz?
- “Bunyodkor” – ahil jamoa. SHu boisdan ham safimizga kelgan yangi futbolchilar jamoaga tezda moslashib ketishdi, deb bemalol ayta olaman.
- Dubay safari oldidan Toshkentda yig'in o'tkazildi. Aytingchi, bu ikki o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'rtasida qanday farq bor?
- Avvalo ob-havo borasida katta tafovut bor. SHuningdek, Toshkentda suniy maydonda shug'ullangan bo'lsak, Dubayda tabiiy chimda to'p tepyapmiz. Eng asosiysi, mashg'ulotlarimiz kun sayin kuchayib bormoqda. Murabbiylarimiz bosqichma-bosqich futbolchilarga yuklamalar berishib, bizni mavsumga tayyorlashmoqda. Qolaversa, Dubaydagi yig'inimiz doirasida kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. Kuchli jamoalarga qarshi kechadigan nazorat uchrashuvlari bizga tajriba beradi.
- 2014 yilgi mavsum oldidan shaxsan o'zingiz uchun qanday rejalar tuzdingiz?
- Albatta, eng yaqin tanqidchim bo'lgan – otam bilan maslahatlashib, o'z oldimga maqsadlar qo'yganman. “Bunyodkor” tarkibida raqobat kuchli. SHunday ekan mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilib, asosiy tarkibga kirishni istayman. 2014 yil yana bir karra O'zbekiston chempioni bo'lishni va mamlakat kubogini o'zimizda saqlab qolishni xohlayman. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida munosib ishtirok etib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman.
Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.

Fikrlar