So’nggi yangiliklar

20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:18"Кристал Пэлас" — "Тоттенхэм". Лондон дербиси учун таркиблар маълум  0 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  0 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  3 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  8 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  11

"Aleziya.com"dan qanday foydalanamiz? Yangiliklar

"Aleziya.com"dan qanday foydalanamiz?

Xabaringiz bor, bugun tongda "SA" o'quvchilar uchun SUPER yangilik malum qilindi.
Bugundan boshlab Ispaniya, Italiya va Franciya chempionatlarini Markaziy Osiyoda ko'rsatish huquqiga egalik qiluvchi "Setanta Sport" kompaniyasi Malayziyaning "Aleziya" kompaniyasi bilan hamkorlikda mazkur chempionat o'yinlarini O'zbekiston veb saytlarida ko'rsatish huquqini "Championat.asia" saytiga taqdim etdi


Bu saytga kirgan o'quvchilarimizda undan qanday foydalanish to'g'risida ko'plab savollar paydo bo'ldi. SHu sababli bugun sizga "Aleziya.com"dan qanday foydalanish mumkinligi haqida to'liq tushuncha beramiz.

"Aleziya.com" saytiga kirishingiz bilan sizda quyidagi ko'rinish paydo bo'ladi.


Agar siz birinchi marta bu saytga kirgan bo'lsangiz futbol o'yinlarini ko'rish uchun ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun suratda ko'rsatilgan tepadagi joyga telefon raqamingizni xalqaro formatda kiritasiz (masalan 998901234567), raqamning oldiga + belgisini qo'ymaysiz va pastroqdagi "Zaregistrirovatsya" (ro'yxatdan o'tish) tugmasini bosasiz.


Bundan so'ng, sizning mobil telefoningizga sms tarzda ro'yxatdan o'tish kodi keladi va bu kodni keyingi paydo bo'lgan sahifaning "kod" deb yozilgan joyga kiritasiz.


SHunday qilib, "Aleziya.com"da ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tdingiz va bemalol futbol o'yinlarini tomosha qilishingiz mumkin. Bu xizmat hozircha kuniga 6 centni tashkil etadi. Keyinroq uchrashuvlarni tomosha qilish uchun alohida tariflar taqdim etiladi. Agarda raqamingizni va ro'yxatdan o'tish uchun taqdim etilgan kodni boshqa kishiga bersangiz, sizning o'zingiz bu xizmatdan foydalana olmay qolasiz, shu sababli bunday qilishni tavsiya etmaymiz.

Sayt "TAS-IKS" hududidami va "TAS-IKS"ning o'zi nima?


Siz "TAS-IKS" so'zini ko'p eshitgansiz. Bu nima degani? Keling avvalo "TAS-IKS" (tas-ix) nimaligi haqida tushuncha berib ketsak.

TAS-IKS - Internet trafiklar almashinuvi O'zbekistondagi nuqtasi (markazi).

TAS-IKS tashkiloti 2004 yilning 24 dekabrida tashkil topgan.

*.uz domenidagi ko'pgina saytlarga bepul kirib chiqish va shu saytlardan kompyuteringizga fayl yuklab olish bepul. Bunday saytlarni TAS-IKS ro'yxatiga qo'shilgan saytlar deb yuritiladi. (manba forum.islom.uz) .uz da ishlaydigan barcha saytlar ham "TAS-IKS"ga kirmaydi. O'zbekiston hududida ishlaydigan barcha provayderlarda "TAS-IKS" bepuldir.

"Aleziya.com" "TAS-IKS" hududida emas. Ammo siz ko'radigan video (futbol uchrashuvi) "TAS-IKS" hisobidan ketadi. Bu saytda 2ta kanal ishlaydi, bular "SETANTA SPORTS" va "SETANTA SPORTS+". Demak, siz bir vaqtning o'zida ikkita oynada ikki uchrashuvni tomosha qila olasiz. Siz tanlagan kanalda uchrashuvlarning vaqtlari ham ko'rsatib o'tilgan. Agar o'sha o'yinlarning yoniga sariq to'rtburchakning ichida "LIVE" so'zi qo'shilgan bo'lsa, bu to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi deganidir. Siz ertangi va undan keyingi kunlarning uchrashuvlar ro'yxatini teparoqda ko'rsatilgan sanalarga bosib bilib olishingiz mumkin.


Sahifaning pastki qismida saytimizda chop etilgan so'nggi xabarlar joy olgan.


Bazi bir muxlislar uchun qayta takrorlayman!

"Aleziya.com" sayti "TAS-IKS" hududida emas, ammo siz tomosha qiladigan uchrashuv (video) simli internet egalari uchun bepul (O'zbekiston Respublikasi hududida) va hisobingizdan trafik echmaydi (kilobayt, megabayt, gigabayt). 

Hozircha shu, yangiliklar bo'lsa barchasi haqida saytimizda elon qilamiz.


Jasur Aslanov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика