Aleksisga yana ikki top-jamoadan qiziqishlar bor

Mirjalol Normatov
19 noya 2018, 20:31
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanchesning xizmatlariga Yevropaning to'rt top-jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq aytilganidek, "Real" va PSJ kabi jamoalar chililikni o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. 29 yoshli vinger, shuningdek, "Bavariya" va "Yuventus" kabi jamoalarga ham kerak bo'lmoqda.

Uning MYU bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Bu mavsumda u "Yunayted" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon