Aleksis bu yil maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi

16 okt 2019, 21:10
Chili va "Inter" hujumchisi Aleksis Sanches jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Sanches Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik bellashuvida oyog'ining chap to'piq qismidan jarohat olgandi. Ma'lumot berilishicha, chililik forvardga tiklanish uchun kamida 3 oy muddat kerak bo'ladi. Shunday qilib, u 2019 yilda boshqa maydonga  tusha olmaydi. 

Joriy mavsum Aleksis A Seriyaning 3 ta o'yinida 1 ta gol urdi va 1 bor qizil kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: inter.it