So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  10 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Aleksey Evstafeev, Toshkentdagi to'qnashuv qahramoni va "Xorazm" darvozaboni - Pro liga 11-tur laureatlari Yangiliklar

Aleksey Evstafeev, Toshkentdagi to'qnashuv qahramoni va "Xorazm" darvozaboni - Pro liga 11-tur laureatlari

Pro liganing 11-turi ortda qoldi. Biz esa o'z ananamizga ko'ra turning eng yaxshilarini aniqlaymiz.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi darvozaboni - Mashhur Muhammadjonov  ("Xorazm")

"Xorazm" jamoasi bu turda o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi. Murosasiz o'tgan o'yinda mezbonlar posboni Mashhur Muhammadjonov mahoratini ko'rsatdi va darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi. "Xorazm" so'nggi marotaba 5-turda "Do'stlik" bilan uchrashuvda shunday ko'rsatkich qayd etgandi. 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi futbolchisi -  SHerzod Qodirov ("Do'stlik")

Qaysidir manoda turning kutilmagan natijasi "Buxoro" - "Do'stlik" uchrashuvida qayd etildi. Poytaxt klubi chempionat etakchisiga 2 ta gol urdi va hisobda dastlab oldinda borayotgandi, yakunda esa mezbonlar hisobni tenglashtirdi. O'yindagi "Do'stlik"ning ikki goliga so'nggi bahslarda yorqin o'yin ko'rsatayotgan SHerzod Qodirov mualliflik qildi. SHerzod Qodirov Aleksey Evstafeev boshchiligidagi oxirgi 3 ta bahsda 4 ta gol, 1 ta assist amalga oshirdi. "Buxoro" bu o'yinga qadar 1 ta to'p olib chiqqan bo'lsa, "Do'stlik" bu ishni bitta o'yinda ikki marotaba uddaladi. 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksey Evstafeev ("Do'stlik")

Pro ligada joriy mavsumda debyut qilayotgan “Do'stlik” “Buxoro” fonida kuchsiz, nisbatan tajribasiz jamoadek gavlanayotgandi. Lekin unutmaslik kerakki, poytaxt klubi tajribali murabbiy Aleksey Evstafeev qo'liga o'tgach ilk g'alabasini qo'lga kiritdi, jamoa o'yiniga mazmun kirdi. Uning shogirdlari 11-turda kuchli raqibdan ochko olishga muvaffaq bo'ldi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика