Aleksey Kasyan "Andijon" yig'inida
27 jan 2014 09:00
Yangiliklar

Aleksey Kasyan "Andijon" yig'inida
Andijonliklar ayni paytda tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda.
Futbolchilar shanba kuni tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Aytish kerakki, poytaxtdagi yig'in chog'ida burgutlar uchun begona bo'lmagan bir qator futbolchilar mashg'ulotlarga qo'shildi. Gap SHuhrat Mirxoldirshaev va Aleksey Kasyan haqida ketmoqda.
Jarohati sababli bir yil maydon tashqarisida bo'lgan Mirxoldirshaev kutilganidek "Andijon" tarkibiga kelib qo'shildi. Kecha undan tashqari Kasyan ham Toshkentga keldi. Moldaviyalik futbolchi bundan bir necha yil oldin ham Andijon uchun to'p tepgandi. CHap qanot himoyasida o'ynaydigan legioner ayni paytda ko'rikdan o'tmoqda. Agarda Kasyan o'zidan yaxshi taassurot qoldira olsa, olib qolinishi ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari litvalik legionerlarning ham jamoa yig'iniga kelishi aytilayotgandi. Ammo hozircha ulardan darak yo'q.
Darvoqe, Azamat Abduraimov boshchiligidagi jamoa bugun Toshkentdagi yig'inida ilk sinov-nazorat bahsini o'tkazadi. Raqib sifatida "Bunyodkor-2" tanlangan.

Fikrlar