So’nggi yangiliklar

20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  1 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  57 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  6 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Aleksey Evstafeev: Bizga kuchli hayajon xalal berdi Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: Bizga kuchli hayajon xalal berdi

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev Turkmanistonga qarshi saralashning ilk o'yinida shogirdlari hayajondan qutila olmaganliklarini takidladi.
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 6 oktyabr kuni Osiyo chempionati-2014 saralashidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. Qatar poytaxti Doha shahridagi Al-Arabi stadionida bo'lib o'tgan Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi 2-tur uchrashuvida Evstafeev shogirlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada hujumchi Andrey Sidorov hisobiga yozildi.

O'yinimiz haqida to'xtaladigan bo'lsam, futbolchilarimiz butun o'yin davomida kuchli hayajon ostida to'p surishdi, ular o'yin davomida ushbu hayajondan qutula olishmadi. Aynan shu narsa bugun to'laqonli o'yin ko'rsatishimizga xalal berdi, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Turkmanistonlik futbolchilar o'yin davomida nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatishdi. Ularning harakatlaridan bazi holatlarda o'zbekistonlik futbolchilar jiddiy jabr ham ko'rishdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida esa navbatdagi qoidabuzarlik uchun Turkmaniston yoshlari maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi.

Bundan tashqari, o'yin davomida ikki nafar himoyachimizni majburan almashtirishimizga to'g'ri keldi. Ushbu holat ham Turkmanistonga qarshi o'yinda jamoamizning o'z o'yinini ko'rsatishiga qaysidir manoda yo'l qo'ymadi, - dedi Aleksey Evstafeev.

Uchrashuv davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tashabbusni o'z qo'lida saqlab turdi, ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Biroq Mirjamol Qosimov, Azizbek Mamazoitov, Bobur Davlatov va boshqalarga omad kulib boqmagan bo'lsa, hujumchilar – Eldor SHomurodov va Asliddin Abdiev ko'plab qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Men Turkmaniston yoshlar terma jamoasining xatolari haqida to'xtalmagan bo'lardim. Biz o'yin davomida gol urish uchun ko'plab qulay vaziyatlarni yuzaga keltirdik, biroq ulardan foydalana olmadik – mana bu bizning xatoimiz bo'ldi, - o'zbekistonliklar ustozi.

Turkmaniston yoshlar terma jamoasi menga charchagandek emas, aksincha, Qatardagi sharoit, ob-havo va maydonga bizga nisbatan yaxshiroq va ko'proq moslashgandek ko'rindi. Biz endi birinchi o'yinni o'tkazdik, turkmanlar esa bungacha bir marta o'ynab, g'alaba qozonib bo'lishgandi. Umuman, birinchi turda O'zbekistonning dam olgani, qaysidir manoda, foydamizga ishladi. Biz raqiblarimizning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida tasavvurga ega bo'ldik va shundan kelib chiqib o'z o'yinimizni tashkil etdik, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bosqichidagi navbatdagi o'yinni 8 oktyabr, seshanba kuni Hindiston yoshlariga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика